Предыдущая публикация
tanidingmi? Qara, men o'sha…
Tunlari ertaklar aytguvchi odam.
Saharlar poyingga jonini to'shab,
Armonlarga jonsiz qaytguvchi
odam.
Meni tanidingmi? Qara, men
o'sha…
Ishqini boshiga toj aylaguvchi.
Ismingga farishta so‘zini qo'shib,
Seni tanda jondek avaylaguvchi.
Meni tanidingmi? Qara, men
o'sha…
Osmonlarga boqib seni
sog'ingan.
Meni tanidingmi? Qara, men
o'sha…
Ha, o‘sha olovli nigohing quli.
Bir umr yashadim shu o'tga
tashna,
Bo'lgim keldi mangu shu o'tning
kuli.
Meni tanidingmi? Qara, men
o'sha…
Orzularni quvib armonni tutgan.
Bu foniy dunyoda yolg'iz sen
deya,
Sening baxting uchun o'zni
unutgan.
Meni tanidingmi? Qara, men
o'sha…
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев