Xudo nasib bir kun yana uchrashsak
Quchib yig’lar edik, bir-birimizni
Bugun Xayrlashmoq soati keldi
Biz bilmas edik-ku taqdirimizni…
Assalom endi o'n bir oylik g’avg’o
Alvido Ramazon, Alvido Taqvo
Kimlardir bizlarga qildilar xasad,
Allohga kifoya qilmish barchalar…
Biz sizga Alvido so’zin aytganda
Assalom xush su’rat shaytonvachchalar…
Ko’p erur sizlarga berguvchi fatvo
Alvido Ramazon, Alvido Taqvo
Kitoblarda bitmish, Olimlar qator
Hujum bo’lgan edi ta’sirli da’vat
Kechib yuborgaysiz o’tdi xatolar…
Qo’ldan kelganicha ayladik xizmat.
Bu so’zlar bo’lmagay uchguvchi havo
Alvido Ramazon, Alvido Taqvo
“Xolislik sari” deb tashlangan qadam
Manzilga yetmishdir duo qilgaysiz…
Taqdirga rozimiz qilsa ham alam,
Qo’limiz ko’krakda rozi bo’lgaysiz
Boshga tushgan ekan shundayin savdo,
Alvido Ramazon, Alvido Taqvo
Bir yil davomida ko’p titdik kitob,
Faqat Rob taollodan so’rabon panoh.
Rasululloh kabi qilgaymiz xitob
Etkazdik-mi o’zing guvohsan Robbim!
Endi ne kuning bor bo’lgaymiz rizo
Alvido Ramazon, Alvido Taqvo
Har hafta har kuni tinglaganlarni
Allohim jannatda birga qovushtir
Bugun biz sahnadan chiqayotganda
Alloh guvoh do’stlar qo’limiz bo’shdir
Biror bir insondan qilmayin d’avo
Alvido ramazon, Alvido Taqvo
Hech qanday dunyoviy da’vo yo’q bizda
Biz asli gunohkor, nochor bandalar
Haqni yetkazganga Sabr ham farzdir.
Ofiyat so’rmishlar ammo Payg’ambar
Bizning haqqimizga o’qingiz duo
Alvido Ramazon Alvido Taqvo
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев