Предыдущая публикация
Ko'nglingizni doimo olsam,
Jonim biling rashkim ham yomon,
Nima qilay sizni qizg'onsam?
Qo'rqaman men sizsiz qolishdan,
Orzularim armon bo'lishdan,
Yoningizdan yiroq yurishdan,
Nima qilay sizni qizg'onsam?
Kuzda esgan shamollardan,
Goho daydi hayollardan,
Yana bazi yomonlardan,
Nima qilay sizni qizg'onsam?
Tushda ko'rib tunda uyg'onsam,
Sizni deya o'zimdan tonsam,
Bir umrlik yoringiz bo'lsam,
Nima qilay sizni qizg'onsam?
Qochib ketib dunyo ishidan,
Tugab bo'lmas bu tashvishidan,
Qora ko'zu yomon yaxshidan,
Nima qilay sizni qizg'onsam?
Ex sevgilim mendan so'ramang,
Jaxlim yomon o'zgani suymang,
Shu so'zimni hech ham unutmang,
Nima qilay sizni qizg'onsam?
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев