Предыдущая публикация
G'ariblikka bormikan chora,
Chora bo'lsa bir boqsang zora,
Boyning qizi dunyo seniki.
O'zga yorga guloyim bo'lding,
Siypalasa muloyim bo'lding,
Meni umrim adoyim bo'lding,
Boyning qizi dunyo seniki.
Yurolsamu, ucholmasam oh,
Ko'rolsamu qucholmasam oh,
Shunday qismat beribdi olloh,
Boyning qizi dunyo seniki.
Bir kun men ham boy bo'lmog'im bor,
Sen baliqqa soy bo'lmog'im bor,
Ilinarsan zo'r qarmog'im bor,
Boyning qizi dunyo seniki.(X.B.O)
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев