maktub..." Rassomlik kollejida öqib
yurganimda bir g'alati voqea röy bergan... O'qituvchimiz tabiat
manzarasini chizib topshirishga bir hafta muxlat bergach, nima
chizishni o'ylab qoldim. Ijara uyim
ortida qabriston bo'lib, undagi
majnuntollar ularga har safar ko'zim tushganida ko'nglimga ma'yuslik
solardi. Shu manzarani qog'ozga
tushirishga ahd qildim. Darsdan
keyin dastgohlarimni kötarib qabristonga bordim. Ishga
qiziqib ketganimdan kimdir yelkamga qo'lini qo'yganida
seskanib tushdim. Ortimda o'zim
tengi bir qiz jilmayib turardi.
-Chiroyli chizarkansan, -dedi u rasmga tikilib. O'sha kuni o'zini
Lola deb tanishtirgan qiz bilan anchagacha gaplashib o'tirdik. U
shu atrofda yashashini va rasm
chizishga qiziqishini aytdi. Shundan keyin bir hafta davomida u bilan har kuni
qabristonda uchrashib turdik. Rasmni tugatar paytim u menga
bir iltimosi borligini aytdi.
-"Gulzor" köchasi, 19-uyda yashovchi yigitga mana shu maktubni berib qo'ya
olasanmi? - dedi u yerga qarab. Men rozi böldim. Shoshib turganim uchun ertaga gaplashamiz deb xayrlashdim va Lola aytgan uy darvozasidan
maktubni tashlab ijara uyimga
yugurdim. Ertasi kuni darsdan qaytsam, uy egasi vahimali xabar
bilan kutib oldi. 19-uyda yashovchi yigit, aqldan ozib, o'zini
osib qo'yganmish. Qo'rqib ketdim. Negadir o'z- o'zidan oyoqlarim qabriston qabriston tomonga
yetakladi. Lola bilan
uchrashadigan o'rindiqda ancha
o'tirdim, lekin undan
darak bölmadi. Qaytayotganimda
ko'zim yo'ldagi qabr toshiga tushdi va dahshatdan qotib
qoldim: ''Lola Sultonova. 1981-1997 yillar''... Yugurib uyga
keldim va uy egasidan Lolani surushtirdim. Ma'lum bo'lishicha,
19-uyda yashovchi yigit bir paytlar qo'shni mahallada
yashovchi Lola degan qizni aldab uylanmagan, nomusga
chidolmagan qiz joniga qasd qilgan ekan..
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 31
wunaqa
boldi gap yo'
AXA
WUNAQASIYAM BOLADIDE
rahmat e
XOP E
judayam achinarli