Bu joyda birgina hukmron shayton, ADNOGA KIRMAGAN YANA KIM QOLDI? Qo'ygan suratidan uyalmas sira, Bu narsa iymonni etmoqda xira, Kimnidir ranjitib, qilib bechora, ADNOGA KIRMAGAN YANA KIM QOLDI? Yozgan gaplaridan topmaysan ma'ni, O'zbekning samimiy so'zlari qani? Kimnidir mensimay bezor qilgani, ADNOGA KIRMAGAN YANA KIM QOLDI? Onamiz buyurgan ishdan zerikib. Odno titkilaymiz qochib, berkinib, So'zlashsang oraga bevaqt tiqilib, ADNOGA KIRMAGAN YANA KIM QOLDI? Uyatsiz rasmlar ketdi-ku to'lib, Hattoki, yigitlar orni unutib, Yana uyalmasdan "qiz bola" bo'lib, ADNOGA KIRMAGAN YANA KIM QOLDI? Kimdir bir-biriga nish urar sanchib, Kimdir yuribdida so'kinish sochib, Hattoki, besh mahal NAMOZdan kechib, ADNOGA KIRMAGAN YANA KIM QOLDI? Ko'zimiz ochaylik ey ahli inson, Axir muslimamiz-mo'min musulmon, Ehtiyot bo'linglar, izlab der shayton: "ADNOGA KIRMAGAN YANA KIM QOLDI ??????
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев