Предыдущая публикация
Kabutarga maktub bersam,
Olib yorga eltarmikan
Ishq cho'lida Majnunligim
Ul Layloga aytarmikan
Kelgin deb etsam iltijo
Qilarmu ohimga parvo
Dilozor dildorga Xudo
O'zi insof bitarmikan
Qo'rqaman tugab bardoshim
Egilsa bu yigit boshim
Ko'zimda mavj urib yoshim
Ko'nglimni g'arq etarmikan
Kelarmikan, bilmaymanda
U kelmasa kulmaymanda
Jonim anda, ruxim anda
Kelib qo'lim tutarmikan
Sardor BEK
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев