Biroz o'zgachadur, bugungi so'zlarim.
Rosa ko'p so'zlar yig'ilgan dilimga,
Ammo hech chiqarolmam shuni tilimga.
Bugun endi yozay barcha alamim,
Dosh berolmay sinmasa bas qalamim.
Aqlim doim tushunmay qoladi hayron,
Tanqid va ozorlardan yuragim vayron.
Hmm, yana o'sha "UmmoN" mavzusi,
Shunaqa "DUSHMANLIKLAR"midi ularning orzusi?
Gar Sirli_qiz aji - buji so'zlarni desa,
"Eski mavzuuu" deya qotirmang ensa.
Haqiqatni tan olib egarmiz bosh,
Ammo haddan ziyod otilmoqda tosh.
Nima emish UmmoN o'g'ri va qallob,
Qo'yib bersang, boshin oladi qassob.
Tutib olgandek dedingiz ularni "Xotinboz",
Do'stim endi bu so'zingiz kulgili biroz.
Xo'p o'g'irlabdi qo'shiq, nima bo'libdi,
Ayting kim o'g'irlamay kuylab yuribdi?
Xotinboz deb aytdingiz uyalmay baralla,
Isbot qani bunga? Nega jimsiz, eee barakalla!
UmmoN kuylasa doim eshitasiz o'yga tolib,
Ba'zan esa uloqtirasiz qirrali toshni olib.
"Sani sevaman Shox" deb yozasiz uyalmayin,
Rad etgach qalloblikni to'nkaysiz O'ylamayin.
Bas, endi uyat ham kerak azizlar,
Haddidan oshishyapti ba'zi qizlar.
Hammasi o'z yo'liga tinch qo'yaylik UmmoNni,
Hammamiz do'stlashaylik chetga surib gumonni.
Rost chegarasi bor fanatlikni ham,
Iste'dodin hurmat qilib olaylik endi tan.
Na muncha tosh otasiz, axir bittaku Vatan,
Yaxshi kuylayaptiku, boshqalarga nisbatan.
Balki cheksiz nafratga bo'lyapman duchor,
Ammo UmmoN mashhurlik osmonin quchar!
Do'stim biroz ishlating endi aqlingizni,
Giybatchidan biling ozroq farqingizni.
Ba'zan dunyoni ko'tarasiz boshingizga,
Go'yo sherik bo'layotgandek oshingizga.
Axir dunyoda siz emassiz birgina,
O'z holiga qo'ying endi, ijod qilsin tinchgina...
#новости
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2