Unda biz shu haqida sizga ma’lumot beramiz. BUGUNGI MAVZU DIPLOMNI NOSTRIFIKATSIYA QILISH TARTIBI:
Respublikamizda xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 25 iyuldagi 283-son qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi to‘g‘risida Nizom” asosida amalga oshiriladi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi 1992 yil 1 yanvardan so‘ng berilgan hujjatlarni tan olish hamda ularni nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 515-son qaroriga muvofiq xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi ta’lim hujjatlarini tan olish va nostrifikatsiyalash vakolati Davlat test markazidan Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi vakolatiga o‘tkazilgan.
Nostrifikatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati:
- Diplom va ilovaning asli (ariza qabul qilingandan so‘ng egasiga qaytariladi);
- Diplom va ilovani aslini davlat (o‘zbek) tiliga tarjima qilib notariusdan tasdiqlangani (2 nusxada);
- Pasport va pasport nusxasi;
- Davlat boji (eng kam oylik ish haqqining ikki barobari) to‘langanligi haqidagi to‘lov qog‘ozi.
Xujjatlarni topshirish onlayn tizimida amalga oshiriladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan xujjatlar qog‘oz shaklda, qog‘oz uchun papkaga solingan holda test sinovlari va suxbat bo‘lib o‘tadigan kuni taqdim etiladi.
Onlayn tizimida noto‘g‘ri xujjat va ma’lumot taqdim etgan shaxslar, test sinovlariga va suxbatga qo‘yilmaydilar.
To‘lov uchun rekvizitlar
Tashkilot nomi O'zR VM huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Hisob raqam 234 020 003 001 000 010 10
INN 201 122 919
Bank XKKM Markaziy bank Bosh boshqarmasi
MFO 00014
L/s 4014108601262943422233252
INN 305131656
Manzil Toshkent shahar Chilonzor tumani Nurxon ko'chasi 21-uy
Shuningdek ushbu inspeksiyaga murojaat qilish uchun http://www.tdi.uz/uz sayti va Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Nurxon ko'chasi, 21 uyga murojaat qilish hamda (998) 71 207-00-92; (998) 71 231-07-53 telefoniga va E-mail: info@tdi.uz ga murojaat qilish orqali amalga oshiringiz mumkin.
https://t.me/joinchat/AAAAAE0NrtD5xbs64z1GKg
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев