gipertoniyaning
qanday turlari
farqlanadi?
Arterial gipertoniya — 18 va
undan katta yoshdagi
aholining qariyb 20 foizida
uchrashi aniqlangan. Katta
yoshlilarda arterial
gipertoniya bilan kasallanish
ko‘payib borib, 60 yoshdan
keyin 40 foizdan ortiq
hollarda uchraydi.
Arterial gipertoniya bosh
miya insulti, yurakning
ishemik kasalligi, shu
jumladan, o‘tkir miokard
infarktini keltirib chiqaruvchi
eng jiddiy omillardan
hisoblanadi. Yurak qon-tomir
kasalliklaridan bo‘ladigan
kasallanish va o‘limning 30
foizidan ortig‘i arterial
gipertoniya bilan bog‘liq.
Hozirgi davrda qon
bosimining yuqorimi, pastmi,
doimo bir xilda turishi
«ishchi qon bosimi» deb
yuritiladi. Bu degan so‘z kishi
uni o‘zining o‘rtacha bosin
deb bilishi lozim. Mabodo
ana shu o‘rtacha bosim
ko‘tarilsa, dori darmon bilan
o‘z xoliga keltirish lozim,
Ilgari bundan 1015 yil
muqaddam bosim yuqori
bo‘lsa, vrachlar darhol dori-
darmonlar yordamida uni
odatdagi normaga (120/60
mm ga) tushnrar edilar.
Hozirgi vaqtda odamning
qon bosin o‘ziga xos qancha
bo‘lib turishi surishtiriladi,
uning organizmi o‘rgangan
bosimni tushirish tavsiya
etilmaydi, o‘sha baland
bosimga odamning hamma
organlari moslashib qolgan
bo‘ladi. Agar bu bosimni
pasaytirish tavsiya etilsa,
bemorning tinkasi qurib
charchaydi, behol bo‘lib
qoladi. Shuning uchun
hozirgi vaqtda vrachlar dori-
darmonlarni buyurishdan
avval «kundalik o‘rtacha
ko‘rsatkich bosimni»
surishtirishadi.
Arterial gipertoniya
quyidagi hollarda
kelib chiqadi:
buyrak kasalliklari (nefrit,
piyelonefrit va h.k.);
endokrin kasalliklar
(feoxromatsitoma,
Kushing sindromi,
gipertireoz,
aldosteronizm va
boshqa);
tomir kasalliklari (aorta
koarktatsiyasi, buyrak
yoki uyqu arteriyalari
siqilishi (stenoz);
uzoq vaqt gormonlar
(glyukokortikoidlar) qabul
qilish;
homilaga qarshi dorilar
qo‘llash
Hozirda arterial gipertoniya
kasalligining darajasi Jahon
sog‘liqni saqlash tashkiloti
tavsiyalariga asosan
aniqlanadi. Bu mezonlar
quyidagi jadvalda keltirib
o‘tilgan:
Toifasi SAB (mm.sim.ust) DAB (mm.sim.ust)
Optimal arterial bosim < 120 < 80
Me’yoriy 120 — 129 80 — 84
Yuqori me’yoriy 130 — 139 85 -89
Birinchi darajali arterial
gipertoniya (Yengil) 140 -159 90 -99
Ikkinchi darajali arterial
gipertoniya 160 — 179 100 — 109
Uchinchi darajali arterial
gipertoniya (Og‘ir) ≥ 180 ≥ 110
Alohida sistalogik arterial
gipertoniya ≥ 140 ≤ 90
Bu kasallikni boshidan
o‘tqazayotgan bemorlar agar
cheksa chekishni to‘xtatish,
ozishi, parhez saqlashi,
alkogol, tuz miqdorini
cheklashi hamda muntazam
jismoniy mashqlar qilishi
lozim!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев