"Qizlar yaxshidur"
Naimning nazmida yashar bir surur,
Iymonli qalblarga bag'ishlar huzur.
Shunchaki qiz emas, axir ular hur,
Ollohni tanigan qizlar yaxshidur!
Olloh yo'lida sevib sevilgan,
Ollohga shukur deya suyulgan.
Iymondan qalbiga nur quyilgan,
Ollohni tanigan qizlar yaxshidur!
O'tkinchi dunyoga berilmagan kas,
Oxiratni o'ylagan qizlarga havas.
O'zini yo'qotgan qizlarga bu dars,
Ollohni tanigan qizlar yaxshidur!
Haq yo'lni tanlab, nohaqdan tongan,
Haqiqiy ta'limni islomdan olgan.
Tosh bag'irlarga nurlarni solgan,
Ollohni tanigan qizlar yaxshidur!
Gap otsa kim, qizarib ketgan,
Zahrin sochmay ichiga yutgan.
O'z jufti halolin uyida kutgan,
Ollohni tanigan qizlar yaxshidur!
Muslima ahliga bo'lingiz o'xshash,
Iltimos menga qilmang yov qarash.
Aytaman rostin menda yo'q aldash,
Ollohni tanigan qizlar yaxshidur!
Axir men oddiy shoirman,
Ne yaxshi ne yomon bilmam.
Hadislarni o'qib shuni ayturman,
Ollohni tanigan qizlar yaxshidur!
She'rim so'ngida aytayin buni,
Hazil o'rnida olmangda uni.
So'zlarim ma'nosi anglatsa shuni,
Ollohni tanigan qizlar yaxshidur!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев