telefonni
proshivka qilish
Hozir o’zbek televideniyasi
orqali Artel telefonlari reklama
qilinayapti. Xorijga o’qish uchun ketayotgan yigit yurt tuprog’i,
onasi yopgan non va Artel
telefonini milliylik ramzi sifatida
olib ketayapti. Menga bu
reklama g’oyasi juda yoqdi.
Yaqinda yangi, Android tizimida ishlaydigan telefon sotib oldim.
Xorijga ketmayotganligimni
hisobga olib Artel emas, UzTE
telefonini tanladim. Men harid
qilgan UzTE Grand X Quad
telefoni ZTE Grand X Quad v987 telefoni bilan (deyarli) bir xil
ekan.
Haridimning 3 kunidanoq yangi
telefonning programmasini
o’rganish maqsadi turli sinovlar
o’tkazishni boshladim. Google dasturlarini boshqaruvchi
Google Services Framework
xizmatini o’chirib ko’rganimda
esa telefonning barcha
dasturlari “janjal” qilishni
boshladi va oxir oqibatda, bitta qayta yuklashdan keyin telefon
deyarli yaroqsiz holatga kelib
qoldi. Proshivka qilishdan
boshqa imkon bo’lmaganligi
uchun internetdan qanday qilib
Android telefonlarni proshivka qilish haqida ma’lumot izlashga
tushdim. Proshivka qilish
o’ylaganimdan ancha oson
ekan. Quyida qanday qilib UzTE
(ZTE) Grand X Quad telefoniga
yangi Android tizimini o’rnatish (telefonni proshivka qilish)
haqida o’z tajribamni
bo’lishmoqchiman.
O’ylashimcha Android tizimida
ishlovchi boshqa barcha
telefonlar ham huddi quyida ko’rsatilganidek proshivka
qilinadi. Faqat bitta farq –
boshqalarda proshivka versiyasi
va fayli boshqacharoq bo’ladi.
Muhimi – telefoningiz modeli va
Android versiyangizga mos proshivka tanlashingiz kerak.
Telefoningizni qayta proshivka
qilish uchun quyidagi
bosqichlarni bajaring:
1. Telefoningizda tez yuklashni
o’chiring. Buning uchun Nastroyki -> Specialniye
Vozmojnosti -> Bistraya
Zagruzka kirib, funksiyani
o’chirasiz.
2. Telefoningizga Framroot
dasturini o’rnatib, telefoningizda root imkoniyatini
yoqing.
3. Telefoningizga MobileUncle
Tools dasturini o’rnating.
4. V987+CWM+Recovery
+V6.0.3.0.7z faylini yuklab oling va ichidagi recovery.img faylini
mobil telefoningiz fleshkasiga
ko’chirib o’tkazing.
5. Telefoningiz uchun mos
bo’lgan proshivkani oling.
Masalan, men ZTE Grand X Quad uchun rus tilidagi Lewa 5
proshivkasini oldim. Proshivka
ZIP faylini ochmasdan
telefoningiz fleshkasiga
ko’chirib oling.
6. O’rnatilgan MobileUncle Tools dasturini oching va
«Обновление Recovery»
bandiga kirib, fleshkangizdagi
recovery.img faylini ko’rsating.
Dastur telefonni Recovery
rejimida qayta yuklashni taklif qiladi. Rozi bo’ling va yuklang.
7. Recovery rejimida Wipe date
qiling, keyin Wipe cashe qilasiz
va undan keyin advanced
menyusi ichida wipe dalvik
qilasiz. Shundan keyin quyidagilarni bajaring: install
zip from sdcard—> choose zip
from sdcard—> (Yuklab olingan
Lewa 5 proshivkasini tanlaymiz)
—>install
8. Yuklash to’liq tugashini kutamiz. Telefon bir necha
muddatga qotib turgandek
bo’lib tuyulishi mumkin.
Telefonga tegmang! O’rnatish
tugaganda telefonda yozuvlar
chiqadi. 9. Telefonni qayta yuklab
(reboot system), yangi
proshivka bilan ochilgan telefon
nastroykasida 1-bosqichda
o’chirilgan Bistraya Zagruzka
funksiyasini qayta yoqamiz. Bo’ldi! Telefoningizga yangi
o’rnatilgan Android tizimidan
bahra oling!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев