Hind- yevropa tillari oilasining roman tillari guruhiga mansub. I. t.da 320 mln. dan ortiq kishi soʻzlashadi (1990). Ispaniya va Lotin Amerikasidagi 19 mamlakatning (Peruda kechua, Boliviyada kechua va aymara, Puerto — Rikoda ingliz tili b-n bir qatorda) rasmiy tili. Filippin va AQSH ning jan.-gʻarbida ham tarqalgan. Jonli lotin tili asosida shakllangan, koʻp dialektli, lugʻati tarkibida arab tilidan oʻzlashgan soʻzlar anchagina, Ispan adabiy tiliga kastil dialekti asos qilib olingan. Shuning uchun I. t. 15-a. gacha "kastil tili" deb ham atalgan. I. t.ga oid dastlabki yozuv namunalari 10— 11-a.larga oid rasmiy hujjatlarda uchraydi. I. t. tovush qurilishi uchun 5 unli, diftong va triftonglar xos. Ur- gʻuning oʻrni qatʼiy emas. Ot va sifat turlanmaydi, jins va son kategoriyalari, artiklning 3 turi (aniq, noa-niq va nol) mavjud. Faqat kishilik olmoshlarigina turlanadi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 3