Masalliqlar:
50 gramm sariyog'
50 gramm un
120 gramm shakar
2 choy qoshiq vanil shakari
1 ta limon
2 ta tuxum
0.5 choy qoshiq qabartma
300 millilitr sut
Tayyorlash.
Qadam 1 Tugllandi.
Qolipga sariyog' surtamiz. Gaz pechini 200 C darajada qizdiramiz.
Qadam 2 Tugllandi.
Sariyog', shakar, vanil shakari va limon po'stini solib, mikserda yaxshilab ko'pirtirib olamiz.
Qadam 3 Tugllandi.
Tuxum oqini sarig'idan ajratib olamiz. Tuxum oqini yaxshilab ko'pirtirib olamiz.
Qadam 4 Tugllandi.
Tuxum, qabartma va unni sariyog'li aralashma ustidan solamiz. Mikserda yaxshilab aralashtirib olamiz.
Qadam 5 Tugllandi.
Sut va 3 osh qoshiqdan limon sharbatini quyamiz. Silliq holatga kirgunicha mikserda yaxshilab ko'pirtiramiz.
Qadam 6 Tugllandi.
Sutli aralashma usidan ko'pirtirilgan tuxum oqini solib, ehtiyotkorlik bilan lopatka yordamida aralashtiramiz. Tuxum oqi cho'kib tushmasligi lozim.
Qadam 7 Tugllandi.
Desertni suv hammomida pishiramiz. Buning uchun kattaroq, issiqqa chidamli qolipga 1/3 miqdorda suv quyamiz. So'ng puding pishiradigan qolipni solib, xamirni quyamiz. 45 daqiqqa davomida yoki usti qizargunga qadar pishiramiz.
Issiqligida dasturxonga tortamiz!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев