Предыдущая публикация
12 yoshda... Kelinoyim yomon, tili zahar, ishni chala qiladi...!
Bu yosha qizaloq bolalik va o'smirlik chegarasida turgan bo'lsa-da, ruhan hali bola. Uni chaqimchilik, qitmirlik, janjalkashlik va injiqlik kabi odatlar tark etib ulgurmagan. Oilaga yangi kelgan yoshgina ayloga akasi va ota-onasining e'tibori uning g'ashini keltiradi. Ular kelinoyidan qizg'anish oilada o'zining aytgani-aytgan, degani-degan ekanini namoyish qilishga urinish hissi kuchli bo'ladi. Shu sabab, qizaloq kelinoyisining kichik hatolarini ko'pirtirib, onasi yoki akasiga uni yomonlashi mumkun. Davomi kamentda...!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 5
Bu yoshda qizlarni yo'lga solish ''egib olish'' osonroq, shu sababli ularga yangi kelinning fazilatlarini ko'rsatib, yanga va qaynisingil o'rtasida do'stlik rishtalarini bog'lash mushtdek qizchaning gapi bilan birovning bolasiga zug'um qilishdan ming karra afzaldir.
Qizlar...
Kelinoyingiz sizdan bir necha ko'ylakni ortiq yirtgan, uni opa o'rnida qabul qiling.
Uo'z dunyosiga ega, kap-katta inson u hammasini biladi, hammasini qila oladi. Faqat atrofdagilar g'alati, hech uni tushunishmaydi. O'mirlar shunday o'ylashadi.
Onalar...
Sizdan sabr va uddaburonlik talab qilinadi. Endi qizingizga ortiqcha zug'um qila olmaysiz. Unga hammasini yotig'i bilan, do'stona tushuntirishingiz kerak.
Qizlar...
Endi kap-katta qizsiz. Sizga ortiqcha nasihatning keragi yoq. Unutmang, bu hayotda sizni tushunadigan shu yaqinlaringiz. Undan naridagilar faqat tushungan odam ro'lini o'ynaydi holos.
Onalar...
Qizingiz ochiq sochiq libos olib berishingizni talab qilsa, ''yo'q deyishga oshiqmang, barbir bu bilan muammoni hal qila olmaysiz. U uydan sipo kiyinib chiqib, dugonasinikida etagini kaltaroq qilib olishi mumkun. Yahshisi, zamonaviy, shu bilan birga sipo kiyim olib bering.
Qizlar...
Siz kimgadir o'hshagingiz emas, o'ziga hosligingiz bilan atrofdagilarning e'tiborini torta olishingiz kerak.
Onalar...
''Yo'q erta turasan, dedimmi, turasan!'' Demang aslo. Qizingiz yarim kechagacha televizor ko'rgan, telefonda kimlar bilandir gaplashgan yoki internet olamida ''sayr'' qilgan bo'lishi mumkun. Bulardan ham uni mahrum etishni tavfsiya qilmaymiz. Yahshisi, unda barvaqt turishga rag'bat uyg'oting. Masalan, uch kun vaqtli uyg'onsa, to'rtinchi kuni barvaqt bozorga tushib, unga yoqqan buyumni olib berishingizni ayting. Uzog'i bilan bir oyda qizingiz barvaqt turishga odatlanib qoladi.
Qizlar...
Istalgan vaqtda barvaqt turishni eplaysizmi? Qani bir oy shunday qilib ko'ring-chi! Eplarmikansiz?!