©... Qisqa satrlarda: "Jahon adabiyotidan"
1. О'Henry:
"Ibtido, kulminatsiya, intiho" shartlarini öz ichiga olgan qisqa hikoyalar körik tanlovida g'olib bölgan hikoya:
"Haydovchi sigaret tutatdi va benzobakda qancha yoqilg'i qolganini körish uchun engashdi...
Rahmatli... 23 yoshda edi..."
_________________________________
2. Andrew e'Hant: "Minnatdorchilik"
Unga "Xayr-ehson fondi" tomonidan yaqinda berilgan junli odeyal yelkalarini qulay yopib turardi, bugun chiqindi qutisidan topgan poyafzali esa mutlaqo oyog'ini qismasdi. Yoqilgan gulxan esa göyoki mamnuniyat ila qorong'ulikda sovuq qotgan badanini isitardi. Bog' muyulishidagi örindiq uning toliqqan yelkasiga shunday yoqimli va tanish tuyulardiki... U ölayotgandi...
"Rahmat senga, Xudoyim, - pichirladi u, - hayot g'oyatda go'zal..."
_____________________________________
3. Аlan Е. Мayer: «Omadsizlik»
Butun tanamda chidab bölmaydigan og'riq sezardim. Közlarimni ochganimda qarshimda bir xamshira turardi.
- Janob Fudjima, – dedi u, – omadingiz bor ekan, sizni ikki kun oldin Xirosimadagi atom bombasi portlashidan söng bu yerga olib kelishdi. Lekin xotirjam böling, hozir siz gospitaldasiz, hammasi ortda qoldi, hayotingizga boshqa hech narsa xavf solmaydi.
Zörg'a ovozim chiqib söradim:
- Qayerdaman?
Xamshira jilmayib qöydi va javob berdi:
- Nagasakida...
____________________
(Tarjimon izohi: 1945 yil 6-avgustda Xirosimada birinchi atom bombasi portlatilgan, oradan uch kun ötgach 9-avgustda Nagasaki shahriga ikkinchi bomba tashlandi...)
__________________________________
Tarjima: Shuhrat Abduhalilov, Zarif Ayubov
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2