Borimni yuz bora fido etardim
Kechip ketar kuning bòlsada tayin
Umurbod bir senga vafo etardim
Yursang yòllaringga jonim tòshardim
Qoningga qaynatip qonim qòshardim
Bir bor ishqingda adoman desang
Ishonsang men yana ming yil yashardim
Sovuq ayozlardan bòlardim panoh
Òzimga olardim dart kelsa nogox
Borki balolarga kòksimni tutip
Òlip shu balodan etardim ogox
Qani sevsang edi meni menchalik
Chòqqilar poyimga chòkardilar tiz
Sòng esa ket desang boshimni olip
Bu yoruģ dunyodan ketardim issiz
Sevsang suysang edi meni menchalik
Chòg berip ol desang olip yutardim
Balki shoir bòlip kunni-kun demay
Tunni-tun demay sherlar bitardim
Agar tikan kirsa tovonlaringga
Zumda kipriklarim bilan terardim
Tirik qolmoq uchun bir imkon bòlsa
Usha imkonni men senga berardim
Òtsang izlaringni kòzimga surip
Kelsang mehr tòla kòzim tutardim
Òlim xaq joningga xaridor kelsa
Men seni qoldirip òzim ketardim
❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️
✨
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев