Kam gapirib jim turing.
Gar zarurat bo'lmasa
Do'stim uyda o'tiring!
🌷 🌷 🌷
Mutola qiling kitob
Zerikmaysiz sira ham.
Yoki televizor ko'rib
Uyda qoling xotirjam.
🌷 🌷 🌷
Biz uchun ishlamoqda
Shifokorlar o'ylaylik.
Ularni o'ylab biz ham
Bugun uyda qolaylik.
🌷 🌷 🌷
Ota-onam yaqinim
Ko'p vaxima qilmaylik.
Bari izga tushguncha
Uyimizdan jilmaylik.
🌷 🌷 🌷
Tanni qilib ozoda
Sog'lom safda turaylik.
Farzandlarimiz o'ylab
Keling uyda bo'laylik.
🌷 🌷 🌷
Duo qilib barchamiz
Haq uchun kurashaylik.
Shu sinovli kunlarda
Uyda sergak turaylik.
🌷 🌷 🌷
Barchasi tushar izga
Yurtboshimiz o'ylaylik.
Ular bizga xizmatda
Bizlar uyda qolaylik.
🌷 🌷 🌷
Yaxshi kunlar kelar deb
Birga duo qilaylik.
O'sha kunlar uchun ham
Bugun uyda qolaylik.
🌷 🌷 🌷
Har nedan bo'lib ogoh
Halovatni o'ylaylik.
Jigarlarim jonlarim
Tezroq uyda bo'laylik.
🌷 🌷 🌷
Daf bo'lguncha bu virus
Kam gapirib jim turing.
Gar zarurat bo'lmasa
Do'stim uyda o'tiring!!!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев