Ehtirosli bo‘salarni takomillashtirish Er-xotin juftliklar bir-birlarini ehtirosli bo‘salar bilansiylayotganlarida, birinchidan, og‘iz va yuz muskullari bo‘shashtirilishi lozim.
Og‘iz va tilning bo‘shashtirilishi ehtirosli bo‘salarga imkon yaratib beradi, chunki ana shunda siz sherigingizning lablari va tiliga tegishdan chuqur huzur-halovat oladigan bo‘lasiz. Qisilgan va tarang tortilgan og‘iz sezgirlikning kattagina qismini yo‘qotadi, u sherigingizning og‘ziga mahkam yopishish o‘rniga, u bilan olishuvga chog‘lanadi.
Agar bu ish ro‘y bergan takdirda ham yomon tegishi va bo‘sh kenglik hosil bo‘lishi sababli bo‘sa o‘zining lazzatini yuqotadi. Shuni unutmangki, chuqur o‘iishish paytida og‘zingizda bo‘sh kenglik qancha kam qolsa, qoniqish shunchalik maroqli bo‘ladi. Ikkinchidan, yodingizda bo‘lsin, ehtirosli bo‘sa deyarli barcha hissiyotni – sezish, hid, did, hatto eshitishni qamrab oladi. Xuddi shuning uchun ham siz badan gigiyenasi va sog‘lig‘ingizga sinchkovlik bilan e’tibor berishingiz kerak bo‘ladi.
Masalan, hansirab nafas olish chidab bo‘lmas darajada ko‘ngilni aynitib yuboradi va u og‘iz bo‘shlig‘i, qorin yoki ovqat hazm qilish tizimida buzilish ro‘y berganligining belgisidir. Siz bunday nuqsonni tashqi tomondan chayish yoki atir-upalar sepish yo‘li bilan yashirish o‘rniga yaxshilab davolanishingiz lozim.
Sevgi bilan shug‘ullanishga kirishishdan avval o‘z badaningizning toza bo‘lishiga nihoyatda e’tibor bering. Hidi o‘tkir ovqat, agar juftingiz uni iste’mol qilmagan bo‘lsa, uning ko‘nglini aynitishi mumkin. Ichmaydigan va chekmaydigan kishilarga vino yoki sigareta hidi xuddi shunday tarzda jirkanchli tuyulishi mumkin.
Bularniig barchasi shuning uchun ham muhimdirki, chuqur o‘pishishlar paytida er-xotin bir-birlarining lablari va tillaridan iloji boricha ko‘proq bo‘sa olishlari zarur bo‘ladi. Shunday tarzda ular o‘zaro sinovdan o‘tadilar. Chunki bo‘saning o‘zaro erkin, maroqli bo‘lmasligi shahvoniy bo‘salardan qoniqmaslikka olib keladi. Busiz esa sevgining tarkibiy qismi boy beriladi.
Hozirgacha biz tishlar haqida og‘iz ochmadik, vaholanki, ular ham ehtirosli bo‘salarda muhim o‘rin tutadi. Vaqti-vaqti bilan siz juftingizning lablari yoki tilini tishlashingiz mumkin, ammo bu ishni yengil qilish kerak, ya’ni yaralab qo‘ymaslik uchun. Faqat haqiqiy mazoxistlargina og‘riqdan zavq oladilar.
Quloqdan, bo‘yin va yelkaga nisbatan qo‘llanilgan taqdirdagina tishlash yoki chimchilash chindan ham samarali bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik erkaklar va ayollar buni, ayniqsa, aloqa paytida kuchli darajada uyg‘otuvchi deb biladilar.
Er-Xotin👫 Sog'lom jinsiy hayot va aloqa haqidagi saboqlar! https://t.me/Borodaturtkul
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев