(2-qism)
Issiq kompressni ko'tara olmaydigan yoki yuzidagi mayda qon tomirlari juda bilinib turadiganlar kompressiz ham niqob tortishlari mumkin.
Kompress qo'ygandan keyin krem tenga obdon shimilib ketsa, yuzning quruq joylariga yana krem surtish mumkin.
Kosmetik niqobning xillari juda ko'p. Yuzga niqob tortgach, ko'zni yumib o'tirish yoki oyoqlarni balandroq qo'yib yotish tavsiya etiladi. Niqob ho'llarigan salfetka yoki ho'llarigan paxta bilan tozalab olinadi. Haftasiga 2—3 marta niqob tortish mumkin.
Oqsilli niqob yog'li teridagi yog' chiqadigan teshiklarni toraytirish va burisha boshlagan, bo'shashgan yog'li va quruq terining yashash qobiliyati (tonus) ni oshirish uchun qo'llaniladi. Teri avvalo losbon bilan artib tozalanadi va quruq tenga (yoki terining quruq joylariga) yog'li krem suriladi.
1. Tuxum oqsili (ko'pirtirmasdan) faqat ozgina aylantirib, yuzga paxtada uch marta suriladi, har gal surilgan qatlam qurib terida oqish parda hosil bo'lgach, navbatdagi qatlam suriladi. Oqsilli niqob faqat 10—15 minutdan keyin sovuq suvda (paxta bilan) yuvib tashlanadi. Terining quruq joylariga yana yog'li krem suriladi.
2. 1 ta tuxum oqi olinib, yaxshilab quvlanadi. Ustiga bir necha tomchi limon sharbatidan tomizib, birga aralashtiriladi. Tayyor bo'lgan aralashmani yuzga surtib, to quriguncha ushlab, so'ng yuzni suv bilan yuvib tashlanadi.
Oqsilli-kamforali niqob yog' bezlarining teshiklari juda bilinib turadigan yog'li teri uchun mo'ljallangan.
Ko'pirtirilmagan tuxum oqsilini tenga surish oldidan unga kamforali spirtdan 10 tomchi qo'shiladi. Bu ham tenga yuqonda aytilgandek suriladi.
Tuxumli niqob yuzning normal va quruq terisini yumshatish uchun qo'llaniladi. Yuzning terisi avvalo tozalanadi, so'ngra yog'li krem suriladi, shundan keyin tuxumning oqsili bilan sarig'ini birga aralashtirib yuzga chapiladi. Niqob yuzda 15—20 minut turishi lozim. Bu ham oqsilli niqob singari yuvib tashlanadi.
Tuxum sarig'i bilan asaldan iborat niqob normal va quruq (xususan bo'shashgan) terini yumshatish maqsadida qo'llaniladi. Tuxumning sarig'i ajratib olinib bir osh qoshiq asal qo'shiladi-da, yaxshilab aralashtiriladi, so'ngra tozalangan va yog'li krem surilgan tenga oqsilli niqob singari (qatlam-qatlam qilib) chapiladi. 15—20 minutdari keyin suv bilan yuviladi.
Drojjeli (xamirturushli) niqob. Yuzining terisi bo'shashgan, normal, yog'li, quruq bo'lgan kishilarga tavsiya etiladi. Bu niqob terini tozalaydi, to'qimalarning yashash qobiliyatini oshiradi. Niqob uchun yangi xamirturushdan bir bo'lakcha (10—15 g) olinadi va normal teri uchun — iliq suvga yoki sutga, yog'li teri uchun—3 ргоsеntli vodorod peroksidga, quruq teri uchun esa o'simlik moyiga qaymoq quyuqligida qonladi. Niqob tortish oldidan yuzning terisi yaxshilab tozalanishi shart. Niqob yuzda 10 minut turishi, keyin iliq suvda, ketidan esa darhol sovuq suvda yuvilib, ho'lligicha krem surilishi lozim.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 3