voqea
''Kutish..."
Uch nafar yigit va uch
qiz dam olish niyatida
dengiz böyiga
otlanishdi. Ularni
maroqli hordiq
kutmoqda edi. Bu
yoshlar bir-biriga köngil
qöyishgan, közlarida
muhabbat uchqunlardi.
Ötgan ketganlarga ham
jilmayib boqishardi.
Ularning nazarida, bu
dunyoda hamma
odamlar özlari kabi
baxtli edilar. Lekin,
unday emasdi. Ular
ötirgan avtobusda 30
yoshlardagi kishi
ham bor edi.
Yoshlarning quvnoq
kulgusi, hazil-huzuli uni
öng'aysiz ahvolga
solardi. Yoshlar
quvnagani sayin uning
qalbi og'rir, oxiri
közlarini chirt yumib
oldi. Bu shovqin unga
yoqmayotgani sezilib
turardi. Qizlardan biri
uning bu holatiga
jim qarab turolmadi,
notanish kishining
yoniga ötirdi. Uning
ismini sörab bildi.
Erkak bundan 4 yil
oldin jinoyat qilib
qamalgan, endi
turmadan uyiga
ketayotgan ekan. Bu
qizni battar
hayratlantirdi.
-Uyga qaytayotgan
bölsangiz, nega
xursand emassiz?
Uylanganmisiz,- söradi
qiz.
Bu savolga suhbatdoshi
tushunarsiz javob berdi:
-Bilmayman...
-Qanaqasiga bilmaysiz,
- söradi qiz ajablanib.
-Turmaga tushgan
paytimda xotinimga xat
yozib, uzoq vaqt
bölmasligimni aytdim.
Meni kutish oson
bölmasligini
tushunardim. Agar
kutishga sabring
yetmasa, mayli, meni
unut, seni tushunaman,
özingga yoqqan kishiga
turmushga chiq, buni
menga aytmasang ham
mayli dedim.
-Endi esa xotiningiz
sizni kutyaptimi yoki
turmushga chiqqanmi,
buni bilmay uyga
ketyapsizmi?
-Ha, - og'ir xörsindi u -
qamoqdan ozod
bölishimni aytishgach,
bir hafta oldin
xotinimga yana
maktub yozdim.
Maktubda shunday deb
yozdim: "...agar
senga kerak bölsam,
shaharchaga
kiraverishdagi
ustunga sariq römolcha
bog'lab
qöy, shundan senga
kerakligimni
anglayman. Agar kerak
bölmasam
hech narsa qilma. Men
avtobusdan tushmay
ötib ketaman..."
Yigitning gaplari
boyagina xandon
ketayotgan yoshlarni
öylantirib, jim qilib
qöydi. Uning xotinini
qattiq sevishi ma'yus
nigohlaridan sezilib
turardi.
Shaharchaga hali uzoq
edi. Endi ular har bir
kilometrni sabrsizlik
bilan hisoblashar,
asablar tarang
tortilgandi. Avtobus
manzilga yaqinlashgani
sayin hammaning
diqqati oshardi. Erkak
bu holatga chidayolmay
közlarini chirt yumib
oldi. Ön kilometr qoldi.
Besh...
Uch... Bir payt
yölovchilar birdan
örinlaridan turib
qichqirib yubordilar.
Sobiq maxbus yigit
esa avtobus oynasidan
tashqariga boqib, tosh
kabi qotib
qoldi: yöldagi barcha
daraxtlar shohiga
sariq römolchalar
bog'lab qöyilgandi.
Römolchalar
shamolda hilpirab, uyga
qaytayotgan odamni
qutlardi
göyo.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1