NIMADIR
YETMAYDI ""
Devonaga yuz
so'm yetmaydi.
Kambag'alga ming
so'm yetmaydi.
O'rta xolga
million yetmasa.
Millionerga
milliard yetmaydi.
Bo'zchi bo'zga
yalchimay qolar.
Shoir so'zga
yalchimay qolar.
Hamma narsa
mumkin taqdirda.
Mergan ko'zga
yalchimay qolar.
Ko'p sayrama
tildan qolasan.
Kerilmagin beldan
qolasan.
Yaxshi bo'lsang
to'ldirib to'rni.
Yomon bo'lsang
eldan qolasan.
Ha bu dunyo
charxpalak erur.
Joying goh past
goh falak erur.
Hatto oy ham o'n
besh kun zulmat.
Va o'n besh kun
taratadi nur.
Yugur yugur,
cho'plar bitmaydi.
Yolg'on yashiq
gaplar bitmaydi.
Hayot shunday
<< BAXT >>
yashar ekan.
Bu dunyoda
dardlar bitmaydi.
Bir joy yorug' bir
joylar xira.
Ushbu zanjir
uzilmas sira.
Bir kam diya bekor
aytilmas.
Bunday qonun
buzilmas sira.
Har narsaga
ulgurish mushkul.
Yechilmaydi
dildagi tugun.
Bola - chaqa,
davlat topganda.
Tugab qolar
sendagi umr.
Vaxt borida
birorta ish yo'q.
Ish borida vaxting
yetmaydi.
Hullas hech kim
to'la qoniqmas.
Bu dunyoni ishi
bitmaydi.
Devonaga yuz
so'm yetmaydi.
Kambag'alga ming
so'm yetmaydi.
O'rta - xolga
milliyon yetmasa.
Milliyonerga
milyard yetmaydi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 3