Men keldimu dunyo ko'rdimi foyda ketsam martabasi osharmi qayda hechkim tushuntirib beraolmadi kelishim ketishim sababi qayda
Dedim endi mayni gulgun ichmayman may toki qonu men xun ichmayman keksa aqlim aytdi shu gaping rostmi dedim hazillashib nechun ichmayman
Sen bo'lsangu men bo'lsamu may bo'lsa o'rtada bir qizil gul ham nay bo'lsa nayni chalib navo qilsang nozanin jon bermoqqa yurakkinam shay
O'ylama pulsizu nochor ichmayman keksalikdin qilib yo or ichmayman men mayni dilxushlik uchun ichardim bu kunki qalbimda sen bor ichmayman
May ichsang oqilu dono bilan ich yoki bir gul yuzli zebo bilan ich oz oz ich goh goh ich ezma rasvo bo'lma xayo bilan ich
Tong chog'ida turgul nozanin go'zal maydalab ichaylik rubobingni chal dunyoda bor odam uzoq turmaydi ketkanlari qaytib kelmas hech mahal
Mastni tana qilma ichmasang sog'ar g'iybat doston qilma bo'lma hiylagar kekkaya ko'rma hech may ichmayman deb sening qilmishlaring bundan besh battar
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев