Ishani ko'zini yumgach, Ranvir tiz cho'kib qo'ynidan qizil atirgul oladi va uni Ishaniga beradi. Ranvir yerdan yana bir xovuch gul olib Ishaniga tutqazadi, so'ng yana bir to'plam guldasta beradi. Ranvir o'rnidan turadi. Ishani juda ham baxtiyor edi. Ranvir uning peshonasiga barmog'ini tekkazib tepaga qarashini aytadi. Ishani tepaga qarashi bilan gul barglari yog'iladi. So'ng Ranvir Ishanini ko'tarib oladi...
Shaneyla harakat qila boshlagandi. Hamshira bu holatdan suyunadi va tashqariga vrachni chaqirgani chiqib ketadi. Bu payt esa Shaneyla yotgan xonaning oynasidan Chirag unga qarab turardi. Agar Shaneyla o'ziga kelib hammasini aytib bersa, panjara ortiga kirishini o'ylaydi. Hamshira vrachga gapirayotganda Chirag ularni eshitib turadi. Vrach hamshiraga Shaneyla harakatlana boshlayotganini, RV amerikalik vrachni chaqirtirgani aytadi. Chirag hayratga tushadi. Chirag Shaneylaning xonasiga yana qaraydi. Buni esa nariroqda Punit kuzatib turadi va RVga telefon qiladi. Punit RVga ikkita yangilik borligini, birinchisi Shaneyla harakatlana boshlaganini aytadi. Ranvir hursand bo'ladi. Ikkinchi habari esa noxush xabar ekanligini, ya'ni Chirag Shaneylaning xonasi yonida turganini aytadi. Ranvir Punitga Shaneylani Chiragdan himoya qilish uchun qo'riqchilarni kuchaytirishini aytadi. Bu safar Chirag Shaneylaga hech nima qilolmasligini aytadi.
Ishani Ranvirni qidirib xonasidan pastga tushadi. Maladan Ranvirni so'raydi. Mala uni ko'rmaganligini aytadi. Ishani Ranvirning shaxsiy xonasi yoniga boradi va Ranvirni chaqiradi. Xonada hechkim yo'q. Ishani endi ortiga qaytib ketayotsa Ranvir xonadan chiqib Ishanining qo'lidan og'zini berkitgancha xonaga tortadi. Ranvir va Ishani xonada suxbatlashishadi. Ranvir uni o'pmoqchi bo'lganda Ishani o'zini olib qochadi. Ular yana tortisha boshlashadi. Ranvir Ishaniga kino uchun chipta beradi. Ishani chiptani olgancha xonadan chiqib ketadi. Zalda bexosdan Lakshmiga urilib ketadi. Lakshmi Ishanidan Ranvirning xonasida nima qilayotganini so'raydi. Ishani olmos kompaniyasining qandaydir hujatlarini tekshirgani kirganini aytadi. Shu payt Ranvir xonadan chiqib keladi. Lakshmi Ranvirdan Ishani xonaga nima uchun kirganini so'raydi. Ranvir Lakshmiga Ishani ish yuzasidan xonaga kirganini aytadi. Ranvir devor ortida turgan Ishaniga ko'z qisadi va ketadi.Tong otdi. Pariklar nonushtaga yig'ilishadi. Amba ham stolga o'tiradi va Maladan nonushta olib kelishini aytadi. Ranvir esa xonasidan tushib keladi. Oyisiga ofisga ketayotganligini aytadi. Amba Ranvirga nonushta qilishini aytadi. Ishani ham buvisiga ofisga ketayotganligini aytadi. Ranvir oyisiga Ishani esa buvisiga ishga borishi kerakligini aytishadi. Ranvir ishga ketadi. Ishani ham uning ortidan ketadi.
Ishanining buvisi advokat bilan Ranvir va Ishanining ajrashishi, so'ng pul va uyning yarmi ularga o'tishini gaplashadi.
Chandu Girishga telefon qiladi. RV Shaneylani qo'riqlash uchun qo'riqchilarni kuchaytirganini, Shaneylaning hayoti havf ostidaligini aytadi. Girish xavotirga tushadi. Shu payt Girishning yoniga Chirag keladi va nima bo'lganini so'raydi. Girish singlisi axvoli yaxshi ekanligini, lekin RV nega unga yordam berayotganini tushunmayotganini aytadi.
Girish: - RV uni o'ldirmoqchi bo'lgan bo'lsa, Shaneylani nega qutqarmoqchi? Nima uchun uni qo'riqlashni kuchaytirdi? Demak Shaneylani boshqa odam o'ldirmoqchi bo'lgan.
Girish Chiragning yelkasiga qo'lini qo'yadi. Chirag cho'chib ketadi. Girish unga hayron bo'lib nima bo'lganini so'raydi. Chirag peshonasidan terisini artib, hech bo'lmaganligini aytadi. Chirag Girishga RVga ishonmasligini aytadi. Girish esa RV bunday qilmaganligini, aybdorni baribir topishini aytadi. Girish RVni otganidan yashirinib yurganini, lekin RV qo'rqqani ham, berkingani ham yo'qligini. Demak u aybdor emasligini aytadi. Girish u yerdan ketadi. Chirag esa o'ylanib qoladi.
Advokat Ishaniga qo'ng'iroq qiladi. Advokat Ishaniga buvisi kelganligini, ajrashuvni tezlashtirishini so'raganini aytadi. Ishani buni to'xtatib qolmoqchiligini advokatga aytaman deb turganda xonaga buvisi kirib keladi. Buvisi Ishaniga advokat yoniga borib ajrashuv ishlarini davom etishini so'raganini aytadi.
Ishanining buvisi xonadan chiqib ketadi. Ishani esa ish jiddiy tus olmasidan, Ranvir bilan gaplashib olish kerakligini o'ylaydi. Chaytali eri Mitishga yangi sari sotib olib kelishini aytadi. U bazmda hammadan chiroyli ko'rinishini aytadi. Ularning gapini Kaylash va Amba eshitib turadi. Ambaga ularning gapi yoqmaydi. Amba va Kaylash gaplashib turishadi va Kaylash kinoga borishlarini aytadi.Amba va Kaylash Pop-korn sotib olishadi. So'ng kinozalga kirib ketishadi. Ishani ham birozdan so'ng kinozalga kiradi. Ranvir ham uning ortidan keladi. So'ng Ranvirning kelmaganidan jaxli chiqib unga qo'ng'iroq qiladi. Ranvir telefonini oladi va telefonda suxbatlashgancha Ishanining yoniga asta keladi. Ishanini yelkasidan ushlaydi. Ishani unga kulib qaraydi va u bilan gaplashib, pop korn sotib olishadi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев