(Pariklar oilasi sharmanda bo'ldi)
Disha va Manasning Kanyadan kechasi bo'lmoqda. Ranvirdan hali ham darak yo'q. Ishani Pandit soxibga marosimni boshlayverishini, Ranvirning o'rniga ham o'zi Kanyadan bo'lishini aytadi. Pandit soxb esa Ishani yolg'iz mumkin emasligini, Ranvir ham yonida bo'lishi kerakligini aytadi. Lekin Ranvir bu yerda yo'q edi.
Ishani endi yetib kelgan Ritikaga qaraydi. Ritikaning ortidan esa Ranvir kirib keladi. Hamma xursand bo'lib ketadi.
Amba: - Ranvir? O'g'lim, qayerda eding? Axvoling yaxshimi?
Ritika: - Ranvir kechasi bir mijozi bilan uchrashish bilan band bo'lgan. Kech bo'lib qolgani sabab u mehmonxonada qolibdi. Lekin yaxshi, u Dishaning to'yiga vaqtida yetib keldi. O'zining qarzini uzgani.
Ishani: - Pandit soxib marosimni boshlayvering. Mening erim keldi. Ranvir marosim joyiga kelib o'z o'rniga o'tiradi. Pandit soxibga Pudja marosimini boshlayverishini aytadi.
Ranvir birdan: - Pandit soxib, esizdan chiqdimi?
Pandit soxib: - Nima?
Ranvir: - Ayol kishi pudja marosimida boshiga shol ro'mol tutishi kerak emasmi?
Pandit soxib: - Uzr. Esladim. Unga kimdir ro'mol olib kelsin.
Ishani Ranvirning bu gapidan hursand bo'ladi.
Sharman Ritikaga Ranvirni olib kelgani uchun rahmat aytadi va uni qayerdan qanday topganiga hayron bo'ladi.
Pratik ro'molni olib keladi. Ranvir uni Ishanining boshiga o'raydi. Pandit soxib Ranvir bilan Ishani bir-birlarini o'ng qo'lini ushlashini aytadi. Ular marosim qoidalarini bajarishadi. So'ng Dishani kelin libosida olib kelishadi. Pandit soxib Ranvirga o'ng qolini Ishaniga tutishi kerakligini aytadi. Ranvir buni xoxlamaganday jim turadi. Ishani esa uning qo'lini o'z ushlab qo'lini uning qo'li ustiga tutadi. Marosim vaqti Lakshmi "Opajon, ayni vaqti" deydi.
Shu payt to'yga Dishaning doktori kirib keladi. Amba va Lakshmi doktorni kutib olishadi. Doktorni marosim bo'layotgan joyga yetalab kelishadi.
Amba: - Doktor, siz nima degandingiz?
Hamma bu gapdan ular tomonga qaraydi. Disha doktorni ko'rib qotib qoladi "Bu mening vrachimku. U bu yerda nima qilyapti?"
Amba Pudjani to'xtatib turishini, keyin hammaga bir narsa aytmoqchi bo'ladi. Lekin o'zi aytolmasligini, shuning uchun doktor aytishini so'raydi.
Doktor: - Kechirasizlar, bu haqida hammani xabardor qilishim kerak. Lekin bu to'g'ri. Disha nikohdan oldin homilador bo'lgan.
Hamma bu gapdan hayratga tushadi. Manas o'rnidan turadi va Dishaga g'azab ko'zlari bilan qaraydi. Ranvir ham asta o'rnidan turadi.
Amba Pariklarni kamsita boshlaydi. Falguni bu gaplardan jaxli chiqib ketadi va Dishaning yoniga kelib:
- Disha, ayt, bu yolg'on deb. Disha hammaga ayt bu yolg'on deb. Nimaga jim bo'lib qolding? Disha, sening jimliging meni havotirga solyapti. Bo'laqol ayt. Disha, men sendan iltimos qilaman. Hammaga rostini ayt. Menga qasam ich.
Disha biroz jim turib: - Bu to'g'ri. Men homiladorman.
Bu gapni eshitganlar hammasi hayratga tushdi. Ranvir esa kulganday jim turardi.
Amba yana gapirishda davom etadi. Falguni hushidan ketguday holatda o'zini tashlab yuboray deydi. Disha uni ushlab qolmoqchi bo'lganda, Falguni unga tarsaki tushuradi:
- Sen bizni sharmanda qilding. Sen barchamizni aldading! Nega bunday qilding, Nega? Shunday bo'lgan ekan, nega hech kimga hech narsa aytmading?
Doktor: - Bu nima deganingiz? nega hech kim bilmaydi. Ishani sizga hech narsa demaganmi? Uni hammasidan habari bor edi.
Bu gapdan yana hamma hayratga tushadi.
Falguni: - Sen Disha haqida bilasanmi?
Ishani "ha" degandya boshini silkitadi. Falguni esa yig'lay boshlaydi. Amba bir chetda ularni bu holatini kulib kuzatib tursa, Ranvir ham ovozlarini eshitmay deganday qilib qulog'iga naushnik taqib oladi. Ishanining buvisi ulardan buni kutmaganini aytib yig'laydi.
Amba yana ularni kamsitib gap boshlaydi. Dishaning bolasi Manasdanmi yoki boshqadan deb aytadi. Ishanining buvisi "bunday bo'lishi mumkin emas, bola Manasniki shundaymi" deb so'raydi. Amba Dishaning bolasini otasi kim ekan deb turgan payt marosimga gul ko'tarib Rishi kirib keladi.
Hamma Rishining gaplaridan unga qaraydi.
Sharman: - Bu yerga nega kelding? Ket. Mening singlim turmushga chiqyapti. Bu yerda past odmalarga joy yo'q. Ket!
Rishi: - To'yga begonalar kelishi mumkin emasmi? Meni aloxida taklif qilishgan!
U shunday deb kirib kelayotsa Sharman uni to'xtatish uchun yelkasidan ushlaydi
Rishi: - Extiyot bo'l Sharman, Sen RV ning uyida yashaysan, RV esa mexmonlari bilan yomon munosabatda bo'lganlarni sira yoqtirmaydi. Bu holatlarni kuzatib turgan Ranvir naushnigini yechadi: - U to'g'ri aytyapti. Uni bu yerga men chaqirdim. To'y bu-eski munosabatlarni unutib, yangisi boshlash demakdir. Lekin eski munosabatlarni unutishdan avval, uni bir eslash lozim! Shuning uchun uni taklif qildim. Bilaman u birinchi raqamli qallob, firibgar. Ammo bugun u juda kerak!
Rishi Dishani yoniga borib, gulni beradi: - Tabriklayman baxtli bo'l. Manas, sen esa ajoyib insonsan. Odamlar boshqalarning ayblarni o'z bo'ynilariga oladilar. Sen esa mening javobgarligimni o'z bo'yningga olding.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев