Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Sog'inaman sizni sinfdosh.
Ketmoqdamiz kiprliklarda nam,
Ulg'aymoqlik tomon bir qadam.
Lek yurakni o'rtar bir alam,
Sog'inaman sizni sinfdosh.
Chalinmoqda so'ngi qo'ng'iroq,
Bolalikka solmoqda firoq.
Taqdir shunday deymizu biroq,
Sog'inaman sizni sinfdosh.
Bosib o'tdik qancha yo'llarni,
Qorlari-yu yomg'ir do'llarni.
Qumsab endi o'sha kunlarni,
Sog'inaman sizni sinfdosh.
Ilk muhabbat senga lolalar,
Tutsam kular edi bolalar.
Sevgimizga guvoh xonalar,
Sog'inaman sizni sinfdosh.
Qoldi nahot barcha barchasi,
Qorboboyu,bayram archasi.
Aytolmadim so'zim qanchasi,
Soginaman sizni sinfdosh.
Bo'lishardik barcha sirimiz,
Yorishganday bo'lib dilimiz.
Kel bir bora tutib qo'limiz,
Sog'inaman sizni sinfdosh.
To'kilmoqda yoshim guvullab,
Yoshlik o'tdi yeldek zuvullab.
Maktab qoldi bizsiz huvullab,
Sog'inaman sizni sinfdosh.
Stullarda gurung bolishib,
O'tirardik rosa kulishib.
Yashadik a davron surushib,
Sog'inaman sizni sinfdosh.
To'y bazmda ko'rishib qolsak,
Maktab davrin hayolga olsak.
Shu yoshlikka bir qaytib qolsak.
Soginganda sizni sinfdosh.
Mayli endi hayot ekanda,
O'qilmagan bayot ekanda.
Lek barisin anglab yetganda,
Sog'inaman sizni sinfdosh.
Sog'inamiz barini qumsab,
Ko'zimizga qatra olib yosh.
Bir birimiz turaylik eslab,
Sog'inaman sizni sinfdosh.
Sog'inaman sizni sinfdosh,
Ko'zlarimga qatra olib yosh.
🌹😊🌹😊🌹😊🌹😊