Yo'q endi ketyapman yoningdan quvma... Javobsiz muhabbat boshimni egdi...
Mayli yorim mani sevmasang sevma...
Yuribman poyimga tikonlar to'shab... Aqlidan ayrilgan telbadek yashab... Ertakdagi Shirin Layliga o'xshab...
Mayli yorim mani sevmasang sevma...
Ayanchli sevgining mayus soziman... Sevgimga o'zim bek o'zim qoziman...
Baxtli bo'l shu tilak mayli roziman...
Mayli mani yorim sevmasang sevma...
Ishq bobida ovchimanu to'rim yo'q...
San sabab ko'ksimda yurak qo'rim yo'q... Zorim bor zarim bor ammo zo'rim yo'q... Mayli yorim mani sevmasang sevma...
Qiyiq chiqarmayman endi hech qildan... Umidim uzarman sendayin guldan...
Holimga achinib hech yo'q chin dildan... Mayli mani yorim sevmasang sevma...
Ko'nglim qolib ketar sherdan g'azaldan... Sevdim boshim chiqmay qoldi kasaldan... Ko'ngling tushmadimi manga azaldan... Mayli yorim mani sevmasang sevma...
Mayli ketavergin menga chin do'st may... Endi axir azobingga qandayin chiday... Man uchun har nega doim bo'lib shay... Mayli yorim mani sevmasang sevma...
Muhabbat tafakkur sevgi falsafa... Xijrondan visolga uzoq masofa...
Yurak senikiku bo'lmayman hafa...
Mayli yorim mani sevmasang sevma...
Sardor yashaymadi sandan arz yutib... Faqat yashayverar bitta sas kutib... Yuragimga muhabbatdan dars o'tib...
Mayli yorim mani sevmasang sevma...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев