Asalarilarni Kavkaz parodasi. Kulrang tog' Areali
deb nomlanuvchi tabiiy yashashga moslashgan.Bu asalarilar Rossiyada ham keng tarqalgan,yana
40dan ortiq chet davlatlarida ham.Bu tur Shimoliy
Kavkaz,Azarbeyjon,Armaniston,Gruziyaning tog'li
rayonlarida shakllangan.Kulrang Kavkaz
asalarilari:bahorning davomli yomg'irli
davriga,yozning qurg'oqchiligi,tungi harorat
pasayishi,shamolli havo,qishning uzoq davom
etishiga moslashgan.Ushbu tog'li rayonlar nektarli
Alp o'simliklariga boy. Tabiiy asal yig'ish
natijasida asalarilar uzun hartumga ega.Hartumini
uzunligi:6,7-7,25 mm,bu dukkakli o'simliklardan
nektar yig'shga yordam beradi.Bu asalarilar
tinchliksevarligi va oziga xosligi bilan butun
dunyoga tanilgan.Ularni ini tekshirilganda ham
ular ishlashda davom etaveradilar. Dunyoda
tarqalishi bo'yicha italyan parodasidan keyin II -
o'rinda turadi.Ushbu asalarilar mashhur rus
asalarichilik arbobi akademik A.Butlerovning
tarvirlashidan so'ng dunyoga mashhur bo'lgan.Bir
asalari oilasi 30 kg.gacha asal berishi mumkin.
Kulrang Kavkaz tog' asalarisi
Toza parodali asalarilar tanasi rangi
kulrang,kumushrang tovlanadi. Boshqalaridan
parodalardan maydaroqligi bilan farq qiladi.
Uchinchi tergit(tergit-meditsina lug'atiga qarang)
kengligi 4,7mm, bir kunlik ishchi asalari massasi
80-90 mg, naslsiz matka massasi 180mg, naslli
matka massasi 200mg. Asalarilar oilasi tez
rivojlanish davrida matkalar naslliligi sutkasiga
1100-1500ta tuxumga to'g'ri keladi. Asalning
rangi to'q rangli, uyasi mustahkam
propolislanadi. Uya begona arilar hujumidan
yaxshi himoyalanadi. Arilar boshqa parodalardan
ko'ra tongda ertaroq asal yig'ishga
kirishib,kechqurun kechroq tugatadilar. Ular
ozuqani juda tez topadilar,bir nektar manbasidan
boshqasiga tez o'tadilar. Beda,dukkaklilardan
nektar yig'adilar.Kulrang Kavkaz tog' asalarisi
matkani rivojlanishini chegaralab, oldin uyaga
asal to'playdilar so'ng magazinga asal
to' playdilar.Bu hususiyat qishlash uchun yetarli
asal yig'ilishiga sharoit yaratib beradi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев