Аgar o'lsam tobutimga tikilmagin,
Joning qiynab jonim hech ham siqilmagin,
Bag'ring tig'lab bir kun mendek yiqilmagin,
Ota- ona hohishiga qurbonginam,
Yig'lab-yig'lab kelin bo'lgan armonginam....
Ota-onang boyga seni sotdilarmi,
Zarga o'rab, boy dargohga otdilarmi,
Baxting sotib huzur qilib yotdilarmi,
Ishqin oshkor etolmagan qurbonginam,
Yig'lab- yig'lab kelin bo'lgan armonginam...
Yig'lamagin, men g'arib deb to'kma ko'zyosh,
Oqlibosing yarashibdi qayrilmaqosh,
Endi mening osmonimda so'ndi quyosh,
Ishqin zarga sotgan narxi arzonginam
Yig'lab- yig'lab kelin bo'lgan armonginam....
Seni ko'rmoq endi menga sarob bo'ldi,
Yoring bo'lmoq edi orzuim xarob bo'ldi,
Oq niyatlar xayollarda-yoqsob bo'ldi,
Xayolda bir baxtli bo'lgan xayolginam,
Yig'lab-yig'lab kelin bo'lgan armonginam....
Hayotimiz jonim juda qiziq ekan,
Bilmabmizku yöllarimiz qorachiziq ekan,
Endi meni unut unutgin jonginam,
Shu yöllarda qolib ketgan yolgizginam,
Yiglab-yiglab kelin bölgan armonginam...
Balki sen chidarsan mensizlikka,
Jonim chidolmayman hecham sensizlikka,
Dunyolarga alishmagan suluvginam,
Yig'lab-yig'lab kelin bölgan armonginam....
Söngi kunda kelmading bir holim sörab,
umrim juda qisqa ekan endi Yorab,
Shunda xamki yotdim faqat seni sörab,
Qabrim uzra toshday qotgan baxtsizginam,
Yig'lab- yig'lab kelin bölgan armonginam...!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев