Tabiat Namanganga boqqan maxal
O'zi xam sevibdi degan bor masal,
Ko'rishga quyosh chiqqay aylab jadal
Qalamkashga berib biro lam g'azal.
Go'zaldur Namangan, Namangan go'zal!
Giyohi shifo dori togu qiri,
Yuzi gul eli hulchilikning piri.
Quyosh olmasa to'lgay oy anjiri,
Anori tilodek shirin xar biri.
Go'zaldur Namangan, Namangan go'zal!
Tarozosiga palla uyu quyosh,
Emas pahtasin vaznicha togu tosh.
Qilur atlasin ko'kda yulduz talosh,
Baland ximmatidan to'kin nonu osh.
Xush ovozi ko'p, sana'ti beadad
Go'zaldur Namangan, Namangan go'zal!
Quyuq so'zli mashrablar beqiyos,
Bu fikrimga donstonlaridan asos.
Eli manidan kiydi rangin libos,
Olib suratin qo'lga, bagri'nga bos,
So'ginseng ko'rarsan uni xar mahal.
Go'zaldur Namangan, Namangan go'zal!
Qizi soching oshiqi sochi ham
Yetishmas so'zim o'glini maqtasam
Shifo so'zlarin misli Kavkazda ham
Siyohdonga qo'ydim qonib ich qalam
Topib yozmasang yaxshi so'zlar uyal
Go'zaldur Namangan, Namangan go'zal
Bahodirlari Chustu, Kosonsoy, Pop
Zadaryoda mos qayda bor, bo'lsa top
So'zing bormikan uychi madhida bop
Kerak bo'ldi so'z gavhari qop-qop
Go'zaldur Namangan, Namangan go'zal
Etuk yangi qorg'onlik mardonlar
Yigib katta mehnatla durdonalar
Qo'shib hissa norinlik farzonalar
Zamu-samo madh etar galma-gal
Go'zaldur Namangan, Namangan go'zal
Elining yuzida vafo barq urar
Shirin xalqu, odob vafo narq urar
Bilim, ilmu fan xam razo barq urar
Bo'lib xusni olambano barq urar
Qishi, yozu, kuzu fasli xoxi hamal
Go'zaldur Namangan, Namangan go'zal
Namangan degan so'z shirin dil navoz
Bu so'z qalbim ichra tarannumli soz
Butun xalqdan xam o'zim ishqiboz
Kel, ey Chustiy, bir ofarinnoma yoz
Borur senga mehru biro lam go'zal
Go'zaldur Namangan, Namangan go'zal.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1