Qalb uyingga joylolasanmi. Chin
sevgimni senga atasam, Sen
vafodor bo'lolasanmi. Shuncha
vaqtlar bo'lding bevafo, Endi
vafo qilolasanmi. Zor qalbimga
qilganding jafo, Endi mexr
berolasanmi. Mexr ila yuzingga
boqsam, Bir jilmayib
qo'yolasanmi. Gar o'zgalar senga
qosh qoqsa, Sevganim bor
deyolasanmi. Gar quvonchdan
to'kilsa yoshim, Sen men uchun
kulolasanmi. Yo g'amimdan egilsa
boshim, Dardosh bo'lib
yig'lolasanmi. Hayot yo'lim
chigalga to'lsa, To'g'ri yo'lga
boshlolasanmi. Bu hayotda egilib
qolsam, Suyanganim
bo'lolasanmi. Azoblardan ko'zim
yoshlansa, Kelib yoshim
artolasanmi. Hafa bo'lma men
bormanku deb, Dilga dalda
berolasanmi. O'zgalardan seni
qizg'onsam, Bundan quvnab
kulolasanmi. Aytgin kimni
sevasan desam, Faqat seni
deyolasanmi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2