Tayyorlovchi: Abu Zakariyo al-Madaniy
Allox subxanaxu va ta'olo kur'oni karimning Furkon surasida Oʻzining suyukli bandalarini shunday sifatlaydi:
«63. Raxmonning (suyukli) bandalari Yerda tavozu' bilan yuradigan, joxil kimsalar ularga (bema'ni) xitoblar kilgan vaktida xam «salomat boʻlinglar», deb javob kiladigan kishilardir. 64. Ular kechalarni Parvardigorga sajda kilib va (joynamoz ustida) tik turib – bedor oʻtkazadigan kishilardir. 65-66. Ular: «Parvardigoro, Oʻzing bizlardan jaxannam azobini daf' kilgin. Darxakikat, uning azobi ketmas – mangudir. U eng yomon karorgox va eng yomon joydir», deydigan kishilardir. 67. Ular infok-exson kilgan vaktlarida isrof xam, xasislik xam kilmaslar, (balki exsonlari) ana oʻsha (xasislik bilan isrofning) oʻrtasida – moʻ'tadil boʻlur. 68. Ular Allox bilan birga boshka biron iloxga duo iltijo kilmaslar va Allox (oʻldirishni xarom kilgan) biron jonni noxak oʻldirmaslar xamda zino kilmaslar. Kim mana shu (gunoxlardan birortasi)ni kilsa ukubatga duchor boʻlur. 69. Kiyomat kunida uning uchun azob bir necha barobar kilinur va u joyda xorlangan xolida mangu kolur. 70. Magar kim tavba kilsa va iymon keltirib yaxshi amallar kilsa, Allox ana oʻshalarning yomonlik-gunoxlarini yaxshilik-savoblarga aylantirib koʻyur. Allox magfiratli, mexribon boʻlgan Zotdir. 71. Kim tavba kilib yaxshi (amallar) kilsa, albatta u Alloxning (rizo-magfiratiga) kaytgan boʻlur. 72. Ular (ya'ni, Raxmonning suyukli bandalari) yolgon guvoxlik bermaydigan va lagv (bexuda soʻz yo amal) oldidan oʻtgan vaktlarida oliyjanoblik bilan (ya'ni, undan yuz oʻgirgan xollarida) oʻtadigan kishilardir. 73. Ularga Parvardigorlarining oyatlari eslatilgan vaktda bu oyatlar oldida oʻzlarini gung va koʻr xoliga tashlamaydigan, (balki ularni anglab bilib amal kiladigan) kishilardir.74. Ular: «Parvardigoro, Oʻzing bizlarga jufti xalollarimiz va zurriyotlarimiz (ning senga kilgan itoatkorliklarini koʻrishlik) bilan koʻzlarimizga kuvonch baxsh et va bizlarni takvodorlarga peshvo kilgin», deydigan kishilardir. 75. Ana oʻshalar sabr-kanoat kilganlari sababli (jannatdagi) yuksak manzillar bilan mukofotlanurlar va u joyda (farishtalar tomonidan) salom va omonlik bilan karshi olinurlar. 76. Ular oʻsha joyda mangu kolurlar. U eng goʻzal karorgox, (eng goʻzal) manzildir. 77. (Ey Muxammad sallalloxu alayxi va sallam, mushriklarga) ayting: «Agar duo-iltijo kilmas ekansizlar, parvardigorim sizlarga parvo kilmas. Sizlar (U Zot yuborgan paygambarni) yolgonchi kildingiz. Endi albatta (azob ukubat) sizlarga lozim boʻlur». (Furkon: 63-77)
Furkon surasining oxiridagi ushbu oyati karimalarda Allox Azza va Jalla oʻziga nisbat berish bilan sharaflagan bandalarining sifatlaridan xabar bermokda. Ularning avvalgi sifatlari: Yerda tavozu', xokisorlik va bosiklik bilan yuradilar, mutakabbirlik kilmaydilar. Bu degani ular kasallarga oʻxshab zaif-ojizlar kabi yurmaydilar. Sayyidul bashar sallalloxu alayxi va sallam xuddi tepalikdan tushib kelayotgan odamdek yurardilar (buni oʻzingiz tasavvur kilib koʻring). Salaflar kasalnamo yurishdan kaytarganlar, xatto Umar roziyalloxu anxudan rivoyat kilinadi: Ul zot kunlarning birida sekin-sekin yurib ketayotgan bir yigitni koʻrib, xoy bola senga nima boʻldi? Kasalmisan? – deb soʻradi. Yigit: - Yoʻk, ey amirul moʻ'minin – dedi. Shunda Umar uni darra bilan bir urdi va shitob bilan yurishga buyurdi.
Xasan Basriy dedi: «Alloxga kasam, mu'minlar eshitishlari, koʻrishlari va a'zolari tavozu' kilgan kavmdirlar-ki joxillar ularni koʻrganlarida kasal deb oʻylardilar. Lekin ularga boshkalarga kirmagan koʻrkinch kirgan, oxiratni bilishlari ularni dunyodan kaytarib koʻygan, shunda ular «Bizlardan gam-kayguni ketkazgan Zot – Alloxga xamdu sano boʻlsin» deganlar. Yana Alloxga kasam ichib aytaman odamlarni kaygurtirgan narsa ularni kaygurtirmagan, jannatni talab kilishda bergan narsalarining birortasini koʻp koʻrmaganlar. Lekin doʻzaxdan koʻrkish ularning koʻzlariga yosh kalkitgan, kimki Alloxga ishonib sabr kila olmasa dunyo xasratida oʻzini oʻzi xalok kiladi, Alloxning ne'matlarini fakat yeb ichishdagina koʻradigan odamning ilmi juda xam ozayipti va azobi boshi ustiga kelibdi.
«Joxil kimsalar ularga (bema'ni) xitoblar kilgan vaktida xam «salomat boʻlinglar» ning ma'nosi: Joxil odamlar ularga bema'ni soʻzlar bilan xitob kiladigan boʻlsalar, ularnikiga oʻxshash soʻzlarni kaytarmaydilar, balki kechirib, afv etadilar. Fakat yaxshi soʻzlarni soʻzlaydilar ularning bu yoʻldagi namunalari paygambarlaridir-ki ul zotga kanchalik joxillik kilinsa shunchalik muloyimlashardilar.
Allox taolo ularning kunduzlarini sifatlagandan keyin ularning kechalari eng yaxshi kechalardan ekanini xabar kildi. «Ular kechalarni Parvardigorga sajda kilib va (joynamoz ustida) tik turib – bedor oʻtkazadigan kishilardir». «Ular kechadan ozgina (fursatgina) koʻz yumar edilar. Va saxarlarda ular (kilgan saxvu-xatolari uchun Parvardigordan) magfirat soʻrar edilar». (Az-Zoriyot:17,18) «Ularning yonboshlari oʻrin-joylaridan yirok boʻlur (ya'ni, tunlarini ibodat bilan oʻtkazishib, oz uxlaydilar). Ular Parvardigorlariga koʻrkuv va umidvorlik bilan duo-iltijo kilurlar» (Sajda: 16).
Raxmonning bandalari kecha-kunduz Alloxning toat ibodatida tirishkoklik kilsalarda Alloxning azobidan choʻchiydilar, uning jazosidan koʻrkadilar. Allox taolo deydi: «Ular: Parvardigoro, Oʻzing bizlardan jaxannam azobini daf' kilgin. Uning azobi ketmas-mangudir. U eng yomon karorgox va eng yomon joydir deydigan kishilardir»
Xasan Basriy aytadilar: «Odam bolasiga yetadigan xar bir narsa ketguvchidir bokiy emas, bokiy narsa bu Yeru osmonlar turgancha turadigan narsadir» Xasan Basriy bu soʻzlari bilan Allox taoloning ushbu oyatiga ishora kilmokdalar «Soʻng badbaxt kimsalar doʻzaxda boʻlib, u joyda oxu faryod kilurlar. Ular unda osmonlar va Yer turguncha kolurlar...» (Xud: 106,107)
Allox ularning infok-exsonlarini sifatlab shunday deydi: «Ular infok-exson kilgan vaktlarida isrof xam, xasislik xam kilmaslar, (balki exsonlari) ana oʻsha (xasislik bilan isrofning) oʻrtasida – moʻ'tadil boʻlur».Ya'ni, ular infoklarida isrofgar emaslarki keragidan ortikcha sarflasalar, xasis xam emaslarki oʻz bola-chakalarining xakkiga xiyonat kilsalar. Balki ular adolatli oʻrta-miyona kishilardir, «ishlarning yaxshirogi oʻrta-miyonasidir». Allox taolo aytganidek: «(Baxillik bilan) koʻlingizni boʻyningizga boglab xam olmang! (isrofgarchilik kilish bilan) uni butunlay yozib xam yubormang!» (Al-Isro: 29)
Xasan Basriy aytdilar: «Allox yoʻlida infok kilishda isrof yoʻk» ya'ni, Allox yoʻlida xar kancha boʻlsa sarflansa boʻlaveradi.
Yana bir zot: «Alloxga osiy boʻlish yoʻlida sarflash isrofdir» - dedi.
Soʻngra Allox Azza va Jalla “Raxmonning bandalari” gunoxlardan ma'sum emas, balki ular katta gunox va buzuk ishlardan chetlanishlarini bayon kildi. Agarda birorta musulmon gunoxi kabiralardan birini kilib koʻysa, keyin tavba kilib kilmishidan kaytsa va uning tavbasi xakikiy boʻlsa, u xam “Raxmonning bandalari” katoriga kiraveradi.
«Ular Allox bilan birga boshka biron iloxga duo iltijo kilmaslar va Allox (oʻldirishni xarom kilgan) biron jonni noxak oʻldirmaslar xamda zino kilmaslar. Kim mana shu (gunoxlardan birortasi)ni kilsa ukubatga duchor boʻlur. 69. Kiyomat kunida uning uchun azob bir necha barobar kilinur va u joyda xorlangan xolida mangu kolur. 70. Magar kim tavba kilsa va iymon keltirib yaxshi amallar kilsa, Allox ana oʻshalarning yomonlik-gunoxlarini yaxshilik-savoblarga aylantirib koʻyur. Allox magfiratli, mexribon boʻlgan Zotdir. 71. Kim tavba kilib yaxshi (amallar) kilsa, albatta u Alloxning (rizo-magfiratiga) kaytgan boʻlur».
Imom Axmad Ibn Mas'uddan rivoyat kiladilar, U dedi: «rasulullox sallalloxu alayxi va sallamdan eng katta gunox kaysi? – deb soʻradilar.
- Allox seni yaratgan boʻlsayu, sen unga boshkani tenglashtirishing!
- Keyingisichi? – deb soʻradilar.
- Sen bilan ovkatlanishidan koʻrkib bolangni oʻldirishing!
- Keyingisichi? – deb soʻradilar.
- Koʻshningni xotini bilan zino kilishing» - dedilar.
«Kiyomat kunida uning uchun azob bir necha barobar kilinur va u joyda xorlangan xolida mangu kolur»ya'ni, unga badan azobi bilan ma'naviy azobni jamlanadi.
«Magar kim tavba kilsa va iymon keltirib yaxshi amallar kilsa...» ya'ni, vafot etguniga kadar Alloxning toatida davom etsa. Ibn Kasir aytadilar: «Bu oyat kotilning tavbasi kabul boʻlishiga dalolat kilmokda. Bu oyat bilan Niso surasidagi oyat oʻrtasida karama-karshilik yoʻk. «Kim kasddan moʻminni oʻldirsa, uning jazosi jaxannam boʻlib, oʻsha joyda abadiy kolajak». (Niso: 93) Bu oyat madaniy boʻlsada u umumiydir, uning xukmi tavba kilmagan kishigadir. Furkondagi oyat esa tavba bilan boglangandir. Kotil tavbasining saxix boʻlishi ishonchli xadisda rasulullox sallalloxu alayxi va sallamdan sobit boʻlgan.
«Magar kim tavba kilsa va iymon keltirib yaxshi amallar kilsa, Allox ana oʻshalarning yomonlik-gunoxlarini yaxshilik-savoblarga aylantirib koʻyur»
Abu Zar roziyalloxu anxu rivoyat kilib dedi: Rasulullox sallalloxu alayxi va sallam dedilar: «Men doʻzaxdan eng oxirida chikadigan va jannatga eng oxirida kiradigan jannat axlidan boʻlgan kishini bilaman, uni olib kelinadi Allox taolo farishtalariga buyuradi uning katta gunoxlarini bir chekkaga kilib, kichik gunoxlaridan soʻranglar deydi. Unga falon kuni u ishni kilgansan, falon kuni bu ishni kilgansan deydilar. U "xa" deb javob beradi, ularning birontasini inkor kila olmaydi. Ular unga karata xar bir kilgan yomonliging uchun bitta yaxshilik boʻlsin deydilar. Shunda u (oʻziga kelib) ey Robbim, men boshka ishlarni xam kilgandim ularni koʻrmayapmanku? - deydi. Abu Zar aytadi: Rasulullox sallalloxu alayxi va sallam kuldilar xattoki ozik tishlari xam koʻrinib ketdi. (imom Muslim rivoyati)
Oyatlarning davomida Allox Subxanaxu va taolo “Raxmonning bandalari”ni sifatlashda davom etib dedi:«Ular yolgon guvoxlik bermaydigan va lagv (bexuda soʻz yo amal) oldidan oʻtgan vaktlarida oliyjanoblik bilan (ya'ni, undan yuz oʻgirgan xollarida) oʻtadigan kishilardir»
Saxixaynda[i] Abu Bakradan rivoyat kilinadi, Rasulullox sallalloxu alayxi va sallam dedilar: «Men sizlarga gunox kabiralarning eng kattasini xabarini beraymi?» – deb uch bor takrorladilar. Xa, albatta ey Alloxning rasuli dedik. «Alloxga shirk keltirish, ota-onaga ok boʻlish, - suyangan xollarida edilar oʻtirib oldilar va – «xoy, bilib olinglar yolgon guvoxlik berish, xa, xa, yolgon guvoxlik berish» deb takrorlayverdilar. Xattoki biz shoyad jim boʻlsalar edi, dedik.
«La yashxadunaz-zura» (biz uni yolgon guvoxlik berish deb tarjima kildik) xakida Abdullox ibn Abbos roziyalloxu anxumodan «mushrik-kofirlarning bayramlarini nishonlash», Ibn Mas'uddan esa «az-zur koʻshik» deganlari rivoyat kilinadi.
«lagv (bexuda soʻz yo amal) oldidan oʻtgan vaktlarida oliyjanoblik bilan (ya'ni, undan yuz oʻgirgan xollarida) oʻtadigan kishilardir» ya'ni, mabodo ular bemaza odamlar oldidan oʻtib kolsalar, ularning majlislariga koʻshilishni oʻzlariga ep koʻrmasdan, ulardan yuz oʻgirib oʻtib ketadilar. Allox boshka bir oyatda aytganiday: «Kachonki bexuda (soʻz yo ishni) eshitsalar, undan yuz oʻgirurlar va: «Bizlarning amallarimiz oʻzimiz uchun, sizlarning amallaringiz xam oʻzlaringiz uchundir, salomat boʻlinglar, bizlar nodon kimsalar (bilan xamsuxbat boʻlish)ni istamaymiz», derlar. (Kasas: 56)
Yana ularning sifatlaridan: Agar ularga Alloxning oyatlari bilan va'z kilinsa, koʻrkitilsa, ular bu oyatlar oldida oʻzlarini gunglik va koʻrlikka solib olmaydilar. Balki, bor vujudlarini kulok kilib tinglaydilar. Allox taolo ularni shunday sifatlaydi: «Xakikiy moʻminlar fakat Allox (nomi) zikr kilingan vaktida kalblariga koʻrkinch tushadigan, Uning oyatlari tilovat kilinganda iymonlari ziyoda boʻladigan kishilardir» (Anfol: 2)
Juft xalollari va farzandlarining solix-solixa boʻlishlariga xarislik xam ularning sifatlaridandir: «Ular: «Parvardigoro, Oʻzing bizlarga jufti xalollarimiz va zurriyotlarimiz (ning senga kilgan itoatkorliklarini koʻrishlik) bilan koʻzlarimizga kuvonch baxsh et va bizlarni takvodorlarga peshvo kilgin», deydigan kishilardir». Xasan Basriy aytdilar: Allox musulmon bandasiga uning xotini, aka-ukasi va doʻstlaridan Alloxga itoatkorlikni koʻrsatib koʻyishligidir. Alloxga kasam boʻlsin, musulmon kishi uchun solix farzand, yo solix nevara, Alloxga itoatkor ogayni yoki doʻstni koʻrishdan koʻra yaxshirok dilxushlik yoʻkdir.
Imom Axmad Abdurraxmon ibn Jubayr ibn Nufayrdan u esa otasidan rivoyat kildi. U dedi: «kunlarning birida Mikdod ibn Asvad xuzurida oʻtirgan edik, olidimizdan bir kishi oʻtib koldi va: Rasulullox sallalloxu alayxi va sallamni koʻrgan mana shu ikki koʻzga xavasim keladi. Biz xam siz koʻrgan narsani koʻrsak, siz guvox boʻlgan narsaga guvox boʻlsak edi, - dedi. Uning soʻzlaridan Mikdodning achchigi chikdi, men esa bundan ajablandim, chunki u yomon gap gapirmadi. Mikdod xaligi kishiga yuzlanib dedi: Kishini Allox uning boʻlishligini xoxlamagan oʻrinda «kaniydi men xam boʻlsam edi» deb orzu kilishiga nima majbur kildi? U agar oʻsha yerda boʻlsa xoli nima boʻlishi unga korongiku. Alloxga kasam, Rasulullox sallalloxu alayxi va sallamning xuzurlariga shunday bir kavmlar xozir boʻldilarki Allox ularni yuzlari bilan jaxannamga uloktirdi. Ular paygambarni tasdiklamadilar, unga boʻysunmadilar. Sizlarni onalaringizning kornidan fakat Alloxnigina taniydigan, paygambaringlarni tasadiklaydigan kilib chikarib koʻyganiga, kelgan balo boshkalar bilan daf boʻlganiga Alloxga xamd aytmaysizlarmi! Allox birorta paygambarni paygambarimizni yuborgandagi kabi yomon davrda yubormagan. Paygambarimiz joxiliyat davrida keldilar, odamlar butlarga siginishdan koʻra afzalrok din bor deb oʻylashmas edilar. «Furkon»ni olib keldilar, u bilan xak va botil oʻrtasini, ota bilan oʻgil oʻrtasini ayirdilar. Agar bir kishi oʻzining otasi, farzandi va birodarini kofir xolda koʻrsa, Allox uning kalbini iymonga ochib koʻygani uchun ular oʻladigan boʻlsalar albatta doʻzaxga tushishlarini biladi, oʻz xabibini doʻzaxiy boʻlishini bilaturib, u kuvona olmaydi. Mana shu Allox taolo aytan soʻzlardir: «Ular: «Parvardigoro, Oʻzing bizlarga jufti xalollarimiz va zurriyotlarimiz (ning senga kilgan itoatkorliklarini koʻrishlik) bilan koʻzlarimizga kuvonch baxsh et va bizlarni takvodorlarga peshvo kilgin», deydigan kishilardir».
Allox subxanaxu va taolodan bizlarni xam Oʻzining suyukli bandalarining katoriga koʻshishini soʻraymiz va duoyimizning soʻngida Olamlar Robbisi Alloxga xamdlar atamiz.
[i] Saxixayn deb Imom Buxoriy va imom Muslimlarning xadis toʻplamlariga aytiladi. Xadis toʻplamlari ichida eng saxix rivoyatlarni oʻz ichiga olgani uchun bu ikkisi «Saxixayn» ya'ni, ikki saxix nomi bilan mashxur boʻlib kolgan.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев