-Izg'irini boshlanmasdan, kechqurun suv muzlagandi. Bu xudo qarg'agan posyolkangizning bekati biyday ochiq joyda, shamolning ko'zida bo'lsa! Ayting, siz borolmagan joyga men qanday boraman? Bir chaqirim nariga... E, shu O'g'iloy momoning uyini qayerdan topdingiz o'zi?! Ertan-mertan kelib yana qarg'aydi? Tentak tushunarmidi! Hujjat-pujjat bilan ishi yo'q. Bu yerda cholim bilan yashaganman, tamom-vassalom. Shuncha o'jar ekan, qanday qilib o'sha qallobga berib qo'ygan?
-Bas, bu uyni naqd pulga oldik. Ozmuncha mulmi? Uyni aldab olib qo'yib, sizlarga sotgan, desa indamay bo'shatib beraveramizmi? Marhamat, pulini to'lasin... Lekin posyolkada ishimiz avj. Baribir uyni qaytarmayman.
-Hamsoyalar aytdiki, - pichirladi xotin, - O'g'iloy momoning yotadigan joyi yo'q ekan, qishda joy berishimiz kerak ekan. Avaz turib o'tirdi.
-O'g'loy momongni ikkinchi gapirma, -dedi zarda bilan. -Senga o'tgan kuniyam aytgadim-a! Hozir, bilasanmi... Onamni o'ylayapman. Aksiga olib hech qaysida telefon yo'q. Anovi qurumsoq qo'shnilarni aytaman-da.
-Yetib borgandir... Shunda darvozaning taqillashi Avazning xotiniga ham eshitildi. Er-xotin noiloj egnilariga xalat tashlab, deraza yoniga pisib kelisdi. Zulmat qo'ynida daraxtlar guvilladi, boyagi tunika shamol zo'ridan beton sahndan sudralib, g'iyqillab o'tdi, shift g'ijrladi.
-Voy-bo', qiyomat bo'ladi-yov, -dedi xotin. Shunday ayozli bo'ronda tashqarida qolgan odamning holi ne kichishini tasavvur qilgan Avazning eti jimirlab ketdi. Axir, onasi eski chit ko'ylak ustidan yupqa jelak kiygandi, holos. Avaz esini tanibdiki, onasi bechoraxol bo'lib, mung'ayib yuradi. Qora qozonni zo'r-bazo'r qaynatdi. Yakkayu-yolg'iz o'g'lini qarz-qurz qilib uylantirdi.... {davomi bor}
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев