Hozirgi vaqtda, ayniqsa oxirgi
10-15 yillardan boshlab shahar
aholisi orasida jismoniy mehnat
bilan shug‘ullanadiganlar ancha
kamayib qoldi. Yerli xonadonda
turuvchi shahar aholisi ozgina bo‘lsa ham harakatda bo‘ladi.
Lekin ko‘p qavatli binolarda
yashayotgan ko‘p ming sonli
oilalar gipodinamiya (kam
harakatchanlik, holsizlik) bilan
bandlar. Shu tufayli shahar aholisi qishloqda istiqomat
qiladigan odamlarga nisbatan
semizlik bilan ko‘proq og‘riydi.
Bu holatni ilmiy tekshirishlar
asosida tasdiqladik.
Markaziy shaharlarda tug‘ilgan erkaklar qishloqda tug‘ilgan
erkaklarga nisbatan ko‘proq
semizlik kasalligi bilan
xastalanadilar. Shu bilan birga
bunday semizlik o‘lim hollari
xavfining oshishiga sabab bo‘ladi. Agarda balog‘atga
yetgan qiz semizlikka uchragan
bo‘lsa, bu bemorimiz maktabda
jismoniy tarbiya darsida
chekkada turadi, uyaladi va shu
bilan birga o‘rtoqlariga qo‘shilib faol harakat bilan
mashqlarni bajara olmaydi.
Keyinchalik ushbu qizimiz
ko‘chaga ham kam chiqadigan
bo‘lib qoladi, bu holat aksariyat
hollarda uning ota-onasiga yoqadi, xush keladi, chunki tinch,
xavotirsiz, farzandining uyga
qamalib o‘tirishi ularni
o‘ylantirmaydi. Oylar, yillar
o‘tadi va natijada, qiz bola
semizlikni og‘ir darajasiga ham ega bo‘ladi. Semizlikka duchor
bo‘lgan bolalarni o‘z ota-
onalari rahm qilib jismoniy
tarbiyadan ozod qiladigan tibbiy
hujjat qilib beradilar, bunday
holat qizimizni o‘z o‘rtoqlaridan ajratib qo‘yadi.
Dardini ichiga yutib ezilib, doim
xunob bo‘lib yuradigan, jizzaki,
salga shubhalanadigan odamlarda
semizlikka chalinish xavfi ortiq
darajada bo‘ladi. Shu bilan birga semizlikka ega bo‘lgan ayrim
qizlarning turmushga chiqqanda
ham hayoti yengil kechmaydi,
yangi uy, oila a’zolari uning
ustidan kuladilar, mazax qiladilar,
bu esa uning diqqinafasligiga olib keladi. Bunday stressni bosib
olish uchun bemor o‘z
alamzadaligini ovqatdan oladi,
qancha yeb qo‘yganini ham
gohida bilmay qoladi
http://m.odnoklassniki.ru/dk?st.cmd=altGroupJoin&st.groupId=53324409733227&_prevCmd=altGroupMain&tkn=7539
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1