kuzatgan qolsin giryon"
Tug'ilding otib giryon,
hamma bo'lgandi shodon.
Bu besh kunlik dunyoda
kuzat, qarachi har yon.
Yaxshi-yomon yashading,
bo'lib qolmasin armon.
"Ketarda ketgin handon,
kuzatgan qolsin giryon"
Do'stu-dushman,
g'animlar, oshno-
birodarlaring.
Aka-uka yaqinlar, bola-
chaqa, yorlaring.
Shunday yashaginki sen,
qolsin yaxshi nomlaring.
"Ketarda ketgin handon,
kuzatgan qolsin giryon"
Atrofingda yurganlar
kecha ko'kka ko'targan.
Qora, og'ir kuningda
ko'ksingdanda itargan.
Hatto o'shalar qolsin
yig'idan ko'z qizargan.
"Ketarda ketgin handon,
kuzatgan qolsin giryon".
Bog' yarat, bog'ing qolar
ketganingda ketingdan.
Sen qazgan ariq qolar,
bog'-rog'laring chetidan.
Faqat yaxshi nom qoldir,
tumonat qat-qatidan.
"Ketarda ketgin handon,
kuzatgan qolsin giryon"
m.ok.ru/dk;jsessionid=aec3122ff67b42cb533fb7648a9046ca5b56d4a78802a52f.da40a1b0?st.cmd=altGroupMain&st.groupId=52488571191504&_prevCmd=userAltGroups&tkn=8544
m.ok.ru/dk;jsessionid=aec3122ff67b42cb533fb7648a9046ca5b56d4a78802a52f.da40a1b0?st.cmd=altGroupMain&st.groupId=52488571191504&_prevCmd=userAltGroups&tkn=8544
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев