"Özingni ehtiyot
qil",- derdi har safar
ketayotganimda,
men dunyoda eng
yaxshi köradigan
insonim. Ha, dunyodagi eng
mehribon qalb sohibasi yonida
xotirjam sezardim özimni. Lekin
bir kuni avtohalokat tufayli
onamdan ayrildim... Ösha kun
juda ham uzoq yig'ladim. Vaqtlar
ötdi. Onamni juda ham
sog'ingandim... Bir kuni yölda
hayol bilan bir qizga turtilib
ketdim. Unga qaradim, közlari
shunchalar mehrli ediki, bunaqa
nigohni onajonim közlarida
körgandim. Öng yuziga yarashib
turgan xolini ko'rib aqldan
ozayozdim. Chiroyni ham ayamay
beribdi tabiat. U qoshlarini
chimirib, judayam shirali ovozda
"Közizga qaramaysizmi?"
deganida özimga keldim. Uzr
söradim va tap tortmasdan tel
raqamini söradim. Bunaqa
betgachoparlik miyamga qanday
quyilib qolganiga özim ham
hayron edim. U esa istehzoli
tabassum bilan mayli urilib
ketganiz uchun, 5693... deya
oxirgi 3 ta raqamni aytmadi.
Keyin g'alati ekansiz, özizni bir
öqitvoring, dediyu tez-tez yurib
ketdi. Men telimni qölga oldimda,
aldamagan bölsin deya
nomerlarni tera boshladim:
5963000, 5963001... Har xil
ovozlar ichidan uning javob
berishini kutardim. Nihoyat ertasi
kun men qidirayotgan ovoz
eshitildi: "Allo" Men shu sözning
özidayoq butun hayolimni band
etgan qizni tanidim. - Gözal qiz,
raqamizni qolgan 3 tasini ham
ayting, qidiraverib qöllarim og'rib
ketdi - dedim. U bölsa hayron
qoldi. Keyin 4 tasini aytmasam
bo’larkan, topolmasdiz, dedi...
Men kuldim. G'alati, men kula
boshlagandim. Uni qanchalar
qidirganimni, juda sohibjamol
ekanligini aytdim. Xullas, u bilan
shu taxlit tanishgandim. Vaqt
ötdi. Bir-birimizga juda bog'lanib
qoldik. Uning közlarida judayam
ulkan mehrni körardim. "Özizni
ehtiyot qiling" derdi u har safar
ketayotganimda. Uning sözlari
ham onamga öxshardi. Bir kuni
tunda undan hazil aralash alla
aytib berishini söradim. Köp
iltimoslardan keyin tel orqali
uning yoqimli allasi eshitildi. Allasi
ham onamni eslatdi. Ösha tunda
2-marta közim yoshlandi. "Sizga
bir gap aytishim kerak,- dedi bir
kuni,- yodizdami ösha sizga
turtilib ketgan kunim? Öshanda
yuragim juda qattiq urgandi.
Buni söz bilan tasvirlab
berolmayman. Ehtimol shuning
uchun tel raqamimni beixtiyor
aytib yuborgandirman. Bilasizmi,
17 yoshimda doktorlar yuragim
xasta ekanligini aytishgan.
Shundan keyin og'ir yotib
qolgandim. Ösha paytda bir ayol
og'ir avtohalokatga uchragan,
uni yuragini menga
köchirishgan. Uning bir farzandi
bölgan ekan, yolg'izgina ög'li.
Tushunyapsizmi? Men ösha
bolani topishim kerak". Mening
közlarim 3-marta namlandi.
"Mana u nimaga onamga
öxshaydi?!" Keyin unga u bolani
unutishi kerakligini, hozir u
judayam baxtiyor ekanligini
aytdim. Axir endi ösha yigit
dunyodagi eng mehribon qalb
sohibasi yonida özini yana
xotirjam sezmoqda edi...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев