- Hayotdan charchadim.
- Nega yig'layapsiz?
- Hayotga to'ymadim.
- Nega yig'layapsiz?
- 10 yil bo'ldi tirnoqqa zorman, Xudo farzand bersaydi.
- Nega yig'layapsiz?
- 4 o'g'il 3 qizim bor, o'zim hozir qariyalar uyidaman, nevaralarimni sog'indim.
- Nega yig'layapsiz?
- Qizimni uzatdim...
- Nega yig'layapsiz?
- Qizim 2 bolasi bilan eridan ajrashdi.
- Nega yig'layapsiz?
- qadrimga...
- Nega yig'layapsiz?
- Nogironlar aravachasida 10 yildan buyon o'tiraverib tamom bo'ldim, eng katta orzuyim sevganim bilan piyoda sayr qilish.
- Nega yig'layapsiz?
- Eng qimmat, so'ngi rusumdagi smartfonim suvga tushib ketdi.
- Nega yig'layapsiz?
- Ko'zlarim ko'rmay qoldi.
- Nega yig'layapsiz?
- Dunyo razilliklarini ko'raverib.
- Nega yig'layapsiz?
- Ro'zg'or qiyinchiliklari ezib yubordi.
- Nega yig'layapsiz?
- Pulim ko'p ammo quvonch, halovatim yo'q.
- Nega yig'layapsiz?
- Men aktyorman, rejissiyor shunday buyurdi.
- Nega yig'layapsiz?
- Juda ta'sirli kino ekan, yuragim to'lib ketdi.
- Nega yig'layapsiz?
- O'g'lim armiyadan qaytmadi, 2 yil bo'ldiku. (1980-1986-yillar)
- Nega yig'layapsiz?
- O'g'lim Rossiyadan qaytmadi, 5 yil bo'ldiku. (2000-2015-yillar)
- Nega yig'layapsiz?
- Orzuyim mashina minish, lekin velosipedim ham yo'q.
- Nega yig'layapsiz?
- Kaptivamni urib oldim, nogiron bo'lib qoldim, endi vilosiped ham minolmayman.
- Nega yig'layapsiz? Yig'i siz uchun qanchalik ahamiyatga ega, u sizga yordam beradimi? Oz qadrimizga qachon yetamiz...
Shumtakaning kundaligidan. ..
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1