Lekin bularning foyda-zarari haqida bilasizmi?
Batareyani uzoq vaqtga yetkazuvchi dasturlar. Bularning ham foydasi bormi?
Keling shu mavzuga oydinlik kiritamiz.
DU Battery Saver - Ushbu programma batareyangizni tejaydi. Asli batareyani tejash emas, shunchaki ichki xotirani biroz tozalash bilan cheklanadi. Ichki tizimda siz bilmaydigan juda ham ko'p dasturlar doimiy faol bo'ladi. Du battery Saver programmasi aslida batareyangizni quvvatini yeydi. Bu programma yaxshi deb o'ylarsiz. Aslida esa ichi to'la reklamadan iborat.
Clean Master - Ushbu programma esa xotirani tozalab, ichki tezlikni kuchaytiradi. Deb o'ylasangiz adashasiz. Bu programma haqiqatdan ham ichki operativ xotirani tozalab turadi. Lekin o'zining qo'shimcha dastur kengligi esa opertivkani doimiy to'ldirib, qiynab turadi. Hullas ushbu dastur ham foydasiz.
Gapiruvchi telefon hamda Gapiruvchi Batareya - Bularning foydasi umuman yo'q. Lekin telefoningiz ba'zi narsalarni gapirib turishi bu siz uchun qiziq. Agar ushbu programma sizga kerak bo'lmasa, uni o'chirib tashlaganingiz ma'qul.
Clash Of Clans - Ushbu o'yin hozirda juda ko'plab odamlarni o'ziga jalb qilgan. O'yin juda ham ajoyib ishlangan. Onlayn tarzda o'ynaladi. Ushbu o'yin Operativ xotirani katta qismini egallaydi. Telefonning qizishiga olib keladi. Operativ xotirani qiynaydi. O'yin bir vaqtda protsessor, internet hamda ekran ishlashini talab qiladi. Bu esa Batareyangizni tez ishlab ketishiga sabab bo'ladi. O'yinga hali qiziqib ulgurmagan bo'lsangiz ushbu o'yinni ham o'chirib yuborganingiz ma'qul. Chunki ushbu o'yin katta xotirali telefonlarni ham qiynaydi.
Telefoningizda doimiy ishlab turgan programmalarni ko'rishingiz imkoni mavjud. Necha soatdan beri uzluksiz ishlayotgan dasturlarni bilish uchun siz Настройки » Диспетчер приложений » Выполняется bo'limiga kiring. Uzluksiz ishlab turgan dasturlarni ko'rasiz. Necha soat, necha daqiqa ishlab turganini ko'rsatib turadi.
Tepadagi rasmga etibor bering. Sariq rang ichidagi belgilar operativkani egallab turgan hajmi. Qizil rang ichidagi belgilar programmalar qancha vaqtdan beri ishlab turganini bildiruvchi vaqt. Pastdagi yashil rang esa Operativ xotira.
Ushbu Skrinshot Samsung Galaxy S2 telefoniga tegishli.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев