Предыдущая публикация
Bahonalar tushar o'rtaga.
Rostingni ham yolg'onga qorib,
Topgan so'zing: faqat Ertaga!
Sog'inch degan tuyg'uning toshi,
Botib ketar ikki yelkaga.
Tugab borar yurak bardoshi,
Sen-chi, faqat deysan Ertaga!
Taklifim rad etasan jonim,
Bahonalar to'qib jo'rtaga.
Bugun boshqasiga ketasan jonim,
Manga qolgan kuning - Ertaga!
Yana bugun qilding e'tiroz,
Yuragimni bo'lib to'rttaga.
Bugun vaqtim yo'q edi biroz,
Uchrashaylik deding, ertaga!
Mayli jonim, rad qil ziyoda,
Hech bir yolg'on qo'shma o'rtaga.
Jon omonat... Yorug' dunyoda,
Yo'q bo'larman balki ertaga!!!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев