BO'LASIZMI?
(xayotiy voqea)
Erkak qayerdandir paydo bo'lgan,
tizzalarini mahkam quchoqlab
olgan bolaning so'zlarini avvaliga
anglay olmay qoldi.
- Sen qayerdan kelib qolding
bolakay?
- Menga dada bo'ling!
Erkak asta tiz cho'kib,
bolakayning oppoq yuzlarini
siladi.
- Nima sening dadang yo'qmi?
Bolakay boshi bilan " yo'q "
ishorasini qildi.Erkakning butun
vujudi muzlab ketdi.Musaffo,
munchoqdek ko'zlarga, sarg'ish
jingalak sochlarga qarab ko'ngli
iyidi.Cho'ntagidan konfet
chiqarib, bolakayga berdi.Bolakay
quvonchdan :
- U - r - aa dadamni topdim.Siz
rostdanam mening dadam
ekansiz!
- Qayerdan bilding buni?
- Oyim dadang juda yaxshi inson
deganlar.Kuchli, mehribon
deganlar. Yanachi, hali kelsa
senga ko'p shirinliklar, kattakon
mashina olib keladi
deganlar.Mana menga konfet
berdizku!
- Oying to'g'ri aytgan ekan, qani
bu yoqqa yurchi...
Erkak bolakayning qo'llaridan
ushlab, yo'lning narigi
tomonidagi o'yinchoqlar
do'koniga boshladi.
- Vuy zo'rligini, shu mengami? -
bolakay quvonganidan o'yinchoq
mashinani bag'riga bosdi.
- Qalay yoqdimi?
- Daxshatku! Nodirdayam
bunaqasi yo'q.
- Nodir kim akangmi?
- Yo'q, o'rtog'im. Doim menga
sening dadang yo'q, mening
dadam bor, dadamning
mashinasi ham bor, deb
maqtanadi.Hali menam uyga
boray, unga rosa
maqtanaman.Sizning
mashinangiz bormi?
- Bor.Uying qayerda, qani oyingni
yuragi yomon bo'lmasdan
boraylikchi...
-Oyim huv anavi yerda, bolakay
qo'li bilan sal naridagi
shifohonani ko'rsatdi.
- Oying kasal bo'lib qoldimi?
-Xmm..Men ularni ko'rgani
ketyapman.Buvim uhlab
qolgandilar, ularga bildirmay
chiqib ketdim.
- Obbo seney.Qani boraqol unda,
buving ham havotir olayotgandir?
- Siz bormaysizmi? Oyim sizni
ko'rib rosa hursand bo'ladilar.
- Yo'q, men keyin.O'zim boraman
ho'p?
- A - a bildim, gul olib keyin
borasiz - a? Kinoda shunaqa
qiladiku, mayli unda men
ketdim.Lekin tezroq boring, oyim
ikkinchi qavatdagi to'g'ridagi
xonada yotibdilar.
Erkak bolakayni orqasidan
kuzatib qolarkan ichida : "
Sho'rlik bolakay, dadasi vafot
etganmikin? Agar tirik bo'lganida,
aqalli bir oyda bir yo'qlab tursa
bo'lardiku.Agar menda shunday
farzand bo'lgamidami "...
Erkak birinchi ayoli Mahfuzaga
ko'ngil qo'yib, onasining
noroziligiga qaramay
uylangandi.Ona norozi bo'lsa
baribir ro'zg'orda halovat
bo'lmas ekan.Qaynona kelinning
janjallari ahiyri oilaning boshiga
yetdi.Ayoli indamaygina chiqib
ketdiyu, qaytib qadam bosmadi.
Ajrashdilar...Boshiga yo'qlab
borishga g'urur, so'ngra imkon
yo'l bermadi.Keyingi ayoli esa.U
yengiloyoq eslagisi ham
kelmaydi.Birinchisi baribir
birinchisi ekan.O'shanda sabrli
bo'lib ikki tarafni murosaga
keltirganda balki...
Og'ir hayollar erkakni charchatdi,
beihtiyor boyagi notanish
bolakay haqida o'yladi.Qinalib
qolushgandir balki...Balki bola
derazadan termulib, " dada"sini
kelishini poylab o'tirgandir?
Erkak bir qarorga kelgandek,
shahdam qadamlar bilan shu
yaqin atrofda joylashgan gul
bozoriga qarab ketdi...
-Ana, ana aytdimku, dadamni
topdim, hozir keladilar deb.
Palataning ochiq eshigi yonida
cho'kkalab olgancha o'tirgan
bolakay yugurib kelib, erkakning
bag'riga otildi.
Deraza yonida joylashgan
karavotda osmonga tikilgancha
yotgan ayol eshikdan kirib
kelayotgan erkakka ko'zi
tushdiyu :
- Siz?
- Mahfuz?
Alam ustida hammasiga qo'l
siltab, yuragining ostida ura
boshlagan jajji yirakcha haqida
aytishni ham joiz topmay, uydan
bosh olib ketgan, yolg'izlikning
etagidan tutishga qasd qilgan
ayol, oradan besh yil o'tib,
qarshisida qadrdon nigohlarni
his etar ekan o'zini tartibga
keltirishga urinar, dadasining
quchog'ida o'tirgancha ko'zlari
quvonchdan porlayotgan go'dak
taqdirning kutilmagan
sovg'asidan kalovlanib qolgan
erkakning baquvvat yelkalariga
bosh qo'yib, onasiga "Ohiri
topdim ularni ", degandek
jilmayib qarar edi..
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 42