ayirmachilarni mahalliy aholi qo‘llayotganini
tan oldi Ukraina prezidenti vazifasini bajaruvchi
Aleksandr Turchinov Donetsk viloyatidagi
mahalliy aholining aksariyati ayirmachilarning
harakatlarini qo‘llab-quvvatlayotganini tan oldi,
deya xabar bermoqda “UNN”. Aleksandr Turchinov. Foto: my-life.ua Muvaqqat prezidentning so‘zlariga ko‘ra,
Mariupolda shu kecha-kunduzda sodir
bo‘layotgan voqealarni mahalliy aholining
ko‘magisiz amalga oshirib bo‘lmas edi. “Bu o‘ta ketgan tartibsizlik, bu dahshatli terror,
bu aqlsizliklar, afsuski, mahalliy aholining
ko‘plab vakillari ko‘magida amalga
oshirilmoqda”, – dedi Turchinov Ukraina
Birinchi Milliy telekanali orqali qilgan chiqishida. Uning qayd etishicha, ayirmachilarga mahalliy
aholi tomonidan yordam berilayotgani
aksilterror operatsiyasining eng murakkab
muammosi bo‘lib turibdi, deb yozadi “Kun”. “Mahalliy aholi qo‘llab-quvvatlamaganida edi,
ayirmachilar hozirda bu qadar tajovuzkor
bo‘lmas edi”, — deya qayd etdi Turchinov. 9-may, juma kuni Ukraina kuch ishlatish
tizimlari Mariupol shahridagi ayirmachilarning
namoyishlarini to‘xtatishga kirishdi. Donetsk
viloyat davlat ma’muriyati ma’lumotlariga ko‘ra,
shahardagi to‘qnashuvlarda kun davomida
yetti kishi halok bo‘lgan, 40 ga yaqin kishi jabrlangan.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1