qiruvchilarini osmonga ko‘tardi AQSh harbiylari Rossiya aviatsiyasining Tinch
okeanidagi faolligi kuchaygani haqida ma’lum
qildi hamda ushbu holatni Ukrainadagi vaziyat
bilan bog‘ladi. Bu borada Tinch okeanining Osiyo
hududidagi AQSh Harbiy-havo kuchlari
bo‘linmasi qo‘mondoni general Xerbert Karlayl bayonot berdi, deb yozadi “RIA Novosti”. Amerikalik general Rossiya harbiy samolyotlari
Kaliforniya shtati qirg‘oqlari va AQShga tegishli
bo‘lgan Guam orollarigacha yetib borganini
ta’kidladi. Kaliforniya va Guam Ukrainadan 10 ming
kilometr uzoqlikda joylashgan. “Rossiyaning Ukraina va Qrimdagi harakatlari
Tinch okeanining Osiyoga tegishli hududiga
bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Buni amalda ham
ko‘ryapmiz. Rossiya aviatsiyasining ushbu
hududdagi faolligi oshib bormoqda. Ular
Kaliforniya shtati qirg‘oqlari va Guam orollariga yaqinlashdi. F-15 qiruvchi samolyotlari ularni
qurshovga olish uchun osmonga ko‘tarildi”, —
dedi Karlayl.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев