Butun dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 30-mart holatiga ko‘ra, 722435 tani tashkil qilgan. COVID-19 infeksiyasini eng ko‘p yuqtirganlar AQSh (142502) hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.
Italiyada (97689) ham sezilarli oshish davom etayotgan bo‘lsa, Xitoyda (82149) bu ko‘rsatkich sekin o‘smoqda.
Ispaniya (80110) ham Xitoyga yetib qoldi.
Yangi koronavirusdan sog‘ayganlar soni esa 151991 nafarni tashkil qilmoqda. Bu borada eng ko‘p sog‘ayganlar Xitoy (75904) ulushiga mos kelmoqda.
Ushbu kasallikdan o‘lganlar soni butun dunyoda 33997 tani tashkil qilgan. Eng ko‘p o‘lim Italiyada (10779) kuzatilgan. Ispaniya (6803) undan keyin bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda COVID-19 yangi koronavirusini yuqtirib olganlar soni 30-mart soat 10:15 holatiga 145 tani tashkil qilmoqda.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев