©... Soat tungi ikki...
Ayolning uyqusi kelmay shiftga tikilib
yotar, közlari yig'idan shishib ketgan,
boshi tars yorilgudek og'riyapti.
Bugun suyukli eri birinchi bor unga qöl
kötardi. Yetti yil bir yostiqqa bosh
qöygani, özi tanlab sevib turmush
qurgani... Tarsaki ovozi
shunchalik qattiq chiqdiki, yonlarida
ötirgan ikki yoshli
ög'ilchasi onasiga qöshilib yig'lab
yubordi. Olti yoshli qizalog'i esa qöshni
xonadan yugurib keldi.
Nima bölganini tushunmay hayron…
Ayol yon tarafga boqdi, eri yöq.
Chekkani chiqqandir. Faqat qattiq
siqilganida, ba'zan sigareta oladi
qöliga. Аyol özini aybdor his qila
boshladi. Bir gapdan qolmay teng
aytishgani uchun. Eri tag'inam sabrli,
boshida tög'ri tushuntirishga harakat
qildi.
Lekin "Siz ham erkakmisiz?” degan
gapga har qanday
erning sabr kosasi tölsa kerak. U özini
bosib olgan, ichmaydi, yomon
odatlari yöq, xotinboz emas. Faqat biroz
yetishmovchilik bor oilada. Bugungi
janjal ham eri bolalari sevadigan
“Chokotellа”
kremini olib kelmagani uchun
chiqqandi.
Shunga noshukrlik qilgani uchun
ayolning vijdoni qiynadi. Uxlay
olmayotgani sababi ham tarsaki
emasdi. Bаlki erining dilini og'ritgani
uchun özidan xafa edi... Eridan xavotir
olib eshikni
ochdi, uning bolalar xonasi oldida
turganini
körib hayron qoldi. Erining qölida bir
parcha qog'oz bor edi, közlaridan esa
yosh oqardi. Ayol bu manzaradan qotib
qoldi,
erining közlari namlanganini birinchi
bor körishi edi. Bildrimasdan joyiga
kelib yotdi…
Мiyasida ming hayol… Ertasiga eri özini
hech narsa bölmagandek
tutar, doimgidek kulib,
hazillashib bolalarini öynatardi. Оradan
bir
hafta ötgach ham ösha voqea haqida
söz ochilmadi, ayolning
köngli ham tinchlangandek böldi.
Yakshanba kuni kiyimlarni yuvishga
shaylangan ayol erining shimi
chöntagidan bir parcha qog'oz topib
oldi. Undagi yozuvlar kimniki ekanligini
darrov angladi, qiyshiq harflar bilan
bitilgan maktubni öqirkan qizalog'i köz
oldiga keldi: “Ey Хudо, iltimos, dadam
oyijonimni urmasin...
Endi hech qachon
“Chоkоtеllа” yemayman..."
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев