1-qism.
Josh va menga yangi uy darhol yoqmadi.
Ha, u katta edi. Bizning eski uyimiz bilan solishtirganda, bu haqiqiy qasr. Qora plitkali qizil g'ishtli tom, derazalarda esa qora panjaralar.
"Bu yer qanday qorong'i!" deya o‘yladim ko‘chadan uyga qarab. U butunlay soyada turardi, go'yo qari daraxtlar orasiga yashiringandek.
Iyul oyining o'rtalari ammo butun hovli o'tgan yilgi jigarrang barglardan qolgan qalin gilam bilan qoplangan. Mashinadan tushib, hovli bo‘ylab ayvon tomon yurganimizda barglar oyoqlarimiz ostida shitirladi.
Ba'zi joylarda to'kilgan barglar orasidan begona o'tlar o'sib ketgan. Ayvondagi gulzor o't bilan qoplangan.
"Dahshat, bu qanday uy o’zi", deb o'yladim va beixtiyor titrab ketdim.
Biz shlakli yo'lda to'xtadik.
Bizga mahalliy ko‘chmas mulk bo‘limidagi yigit janob Deyvs murojaat qildi.
- Nima bo'ldi? U birinchi bo‘lib Jo‘shga, so‘ng ko‘m-ko‘k qisiq ko‘zlari bilan menga qaradi.
"Josh va Amanda ko’rinishidan unchalik mamnun emaslar", - deb tushuntirdi dadam.
"Bolalarga o'zgarishlar yoqmaydi o’zi", deb qo'shib qo'ydi onam janob Deyvsga jilmayib. - Yangi, notanish joy, do'stlardan ajralish, degandek.
"Kamiga yangi joy ham juda qorong'i", dedi Josh boshini chayqab. - Bu eski uy ... qandaydir qo’rqinchli.
Mister Deyvs ishonch bilan Joshning yelkasiga qoqib kulib yubordi.
"Ha, uy juda eski", dedi u.
“Unda hech qanday dahshatli narsa yo'q, Josh. Faqat ozroq ta’mirlash kerak, - dedi dadam janob Deyvsga jilmayib. – Bu yerda bir muncha vaqt hech kim yashamagan va tabiiyki, hamma narsa yaroqsiz holga kelgan.
“Ammo qara, Josh, u qanchalik katta!” deya onam uzun sochlarini orqaga surdi. - Bu yerda siz o'yin xonasi va hatto kichik sport zali ham tashkil qilishingiz mumkin. Ajoyib bo'ladi... Shundaymi, Amanda?
Men yelka qisdim. Shamol esdi va men birdan sovuqni his qildim. Tashqarida issiq edi, quyosh charaqlab turardi. Ammo uyga qanchalik yaqinlashganimiz sari sovuqni his qilardim. Bu, ehtimol, eski daraxtlardan tushayotgan quyuq soya bilan bog'liqdir.
Men oq tennis shorti va ko'k futbolka kiygan edim. Mashinada biz issiqdan deyarli bo'g'ilib qoldik. Ammo endi men sovuq qotayotgandim.
"Balki uy ichi issiqroqdir?" deya o'yladim.
- Ular necha yoshda? – deb so‘radi mister Deyvs zinadan ko‘tarilayotganda onamdan.
"Amanda o'n ikki yoshda", dedi onam. "Josh o'tgan oy o'n bir yoshga to'ldi.
- Ular juda bir-birlariga o’xshar ekan huddi egizaklar kabi, - jilmaydi mister Deyvs.
Bu iltifot yoki aksincha, haqorat ekanligini hali ham tushunmadim, garchi Josh va men tashqi ko’rinish jihatdan bir-birimizga juda o'xshasakda. Ikkimiz ham uzun bo'yli va oriq, ikkimiz ham dadam kabi sochlarimiz jingalak jigarrang va ko’zlarimiz jigarrang. Va hamma biz yoshimizga nisbatan jiddiy ekanligimizni aytishadi.
"Men bu yerda yashashni xohlamayman", dedi Josh ovozi titrab. - Bu yer menga yoqmadi.
Mening ukam dunyodagi eng injiq va qaysar bola. Agar uning hayoliga biror narsa kelib qolsa, uni hech narsa bilan chiqarib bo'lmaydi. Menimcha, uni ortiqcha erkalatib yuborishgan edi. Tashqi tomondan, biz o'xshash bo'lishimiz mumkin. Ammo men umuman Josh kabi injiq va qaysar emasman. Balki men katta bo'lganim uchundir. Va shuningdek, qiz bola ekanligim uchun.
Josh dadamning qo‘lidan ushlab, mashinaga tortdi.
“Bu yerdan ketaylik, dada. Men uyga borishni istayman. Keling, dada.”
Ammo bu safar Josh muvaffaqiyatga erisha olmasligi menga allaqachon ayon edi. Biz bu yerga ko'chib o'tamiz. Qaror qilingan. Axir, uy bizga bekorga berilmagan. Ota-onam bu uyni meros qilib olishdi. Dadamning qaysidir qarindoshi vafot etibdi. Biz uni tanimasdik ham. Lekin u uyini dadamga vasiyat qilib qoldiribdi.
Mana o’sha uy.
Advokatning maktubini o‘qigan dadamning chehrasi hech qachon yodimdan chiqmaydi. U bor ovozi bilan qichqirib oshxona bo’ylab yugura boshlagandi. Dadam aqldan ozib qoldi deb o'ylab, Josh bilan men hatto qo'rqib ketdik.
"Mening tog'am Charlz bizga uyini vasiyat qilib qoldiribdi", deb tushuntirdi dadam bizning hayrat bilan qarab turishimizni ko'rib. "Qorong'u ostonalar shaharchasida.
- Qoyil! — deb baqirdik bir ovozdan. "Bu Qorong'u ostonalar qayerda?"
Dadam yelka qisdi.
"Men sizning Charlz degan tog’angiz borligini eslay olmayman”, deya onam dadamning orqasida turib, xatga qaradi.
"Men ham", deb tan oldi dadam. "Ammo ma'lum bo'lishicha, u zo'r inson bo’lgan. Nahotki! Bu haqiqatan ham ajoyib uyga o'xshaydi” deya dadam onamni ko’tarib, xona bo‘ylab aylantirdi.
Dadam juda xursand edi. U uzoq vaqtdan beri zerikarli ruhoniylik ishini tashlab, o'zini butunlay adabiyotga bag'ishlash uchun asosli bahona izlayotgan edi. Va butunlay bepul bo'lgan bu uy, dadam kutgan bahona edi.
Endi esa, xatni olganimizdan bir hafta o‘tib, biz yangi uyimizni ko‘rish uchun Qorong‘u ostonalarga keldik. Aytgancha, bu bizning shahrimizdan unchalik uzoqda emas - mashinada bor-yo'g'i to'rt soatlik masofada edi. Biz ichkariga kirishimizdan oldin, Josh qaysarlik qilib, dadamni mashinaga tortdi.
Josh, bas! Dadam unga jahl bilan qichqirdi va qo'lini undan tortib, janob Deyvsga chorasiz qarab qo'ydi. U Joshdan uyalib, uni qanday tinchlantirishni bilmasdi shekilli. Men aralashishga qaror qildim.
“Kel, Josh”, dedim va qo‘limni yelkasiga qo‘ydim. "Biz hech bo'lmaganda ko'rib chiqamiz deb va'da bergan edik. Balki hammasi biz o’ylagandan yaxshidir?
"Men hech narsani ko’rishni xohlamayman", deb yana injiqlik qildi Josh dadamning qo'lini mahkam ushlab. - Uy eski va xunuk. Menga yoqmadi.
"Ammo siz uni ichkaridan ko'rmadingiz", deb g'azablandi dadam.
- Ha, ichkariga kirib, bir ko'rib chiqaylik, - dedi janob Deyvs Joshga qarab.
"Men shu yerda kutganim ma'qul", dedi Josh.
Josh eshakdek qaysar. Va ba'zida - yuzta eshak kabi. Menga ham bu eski uy umuman yoqmasdi. Lekin men hech qachon ukam hozir ko'rsatayotgan spektaklni qo'ymayman.
Josh, o'z xonangni tanlashni xohlamaysanmi? — deb so‘radi onam.
"Yo'q", deb g'o'ldiradi u.
U bilan men birdan boshimizni ko‘tarib, ikkinchi qavat derazalariga qaradik. O‘rtada qop-qora ko‘zlarga o‘xshagan ikkita katta yarim doira derazalar bizni diqqat bilan kuzatib turardi.
Oldingi uyingizda qancha vaqt yashadingiz? — deb so‘radi janob Deyvs dadam.
Dadam bir soniya o‘ylanib qoldi.
“Xotinim bilan men o‘n to‘rt yil. Bolalar esa butun umri davomida.
"Ha, yangi joyga ko'chib o'tish qiyin", dedi janob Deyvs hamdardlik bilan va menga qaradi. "Bilasanmi, Amanda, men o'zim bir necha oy oldin Qorong'u ostonalarga ko'chib o'tganman. Va boshida bu yer menga ham yoqmasdi. Ammo endi men bu yerdan hech qachon ketmayman! Va u menga ko'z qisib qo'ydi. U tabassum qilganida, iyagida yoqimli chuqurcha bor edi. - Uyga kiraylik. Ichi juda chiroyli. Ko'rasiz. Va u yana menga ko'z qisib qo'ydi.
Biz unga ergashdik. Joshdan boshqa hamma.
"Blokda boshqa bolalar bormi?" — deb soʻradi Josh boʻysunmay.
Mister Deyvs bosh irg'adi.
Maktab bu yerdan ikki blok narida joylashgan dedi u o'ng tomonga ishora qilib.
- Mana ko'rdingiz! - dedi onam. Har kuni ertalab maktabga avtobusda borishingiz shart emas.
"Menga avtobusda yurish yoqadi", deb turib oldi Josh.
U allaqachon hamma narsani o'zi uchun hal qilgan. Endi u onam va dadamga tinchlik bermasdan kun oxirigacha yig'laydi.
U o'z injiqliklari bilan nimaga erishganini bilmayman. Dadamning tashvishi juda ko'p edi. Eski uyimizga hali ham xaridor topa olmadi. Va umuman olganda ...
Men ham ichkariga kirishni xohlamadim. Lekin tushundimki, bu uy bizga taqdir tuhfasi edi! Eski uyimiz haqiqatdan ham kichik edi. Josh bunchalik qaysarlik qilmasligi ham mumkin edi. Uyga kirib, ko'rish uchun - bundan u o'lmaydi. Agar u yer bizga yoqsa nima bo'ladi?
E'tiborimni mashinadagi shovqin chalg'itdi. Piti qichqirib o’zini yon deraza panjarasiga urdi.
Piti bizning itimiz. Oq jingalak teriyer. Yoqimtoy va juda itoatkor. Odatda bizni mashinada xotirjam kutib turardi. Ammo endi u g'azablanganga o'xshardi.
- Piti, tinchlan! — deb baqirdim. U doim meni tinglardi. Biroq, bu safar emas.
- Men uni qo'yib yuboraman! deya Josh mashinaga yugurdi.
- Yo'q. Kutib turing...” dadam uni to‘xtatmoqchi bo‘ldi.
Ammo Pitining baland ovozda qichqirig'i tufayli Josh uni deyarli eshitmadi.
- It ham qarasin, - dedi janob Deyvs. “Va u shu yerda yashashi kerak.
Piti oldingi maysazor bo'ylab biz tomon yugurib, to'kilgan barglarni sochib, yugurib keldi. Bir oydan beri ko'rishmagandek, xursand bo'lib hammamizga navbat bilan otildi. Va keyin, bizni so'zlab bo'lmaydigan darajada hayratda qoldirib, u janob Deyvsga qaradi.
- Piti, to'xta! Onam unga baqirdi.
"Unga nima bo’lganini bilmayman", deb g'o'ldiradi dadam xijolat bo'lib. – Aslida u juda yuvosh it.
"Balki mendan boshqa itning hidi kelayotgandir?" Mister Deyvs galstugini biroz bo'shatib, Pitiga ehtiyotkorlik bilan tikildi.
Peti qimirlamadi. Oxir-oqibat, Josh uni ko'tarib, janob Deyvsdan uzoqlashtirishiga to’g’ri keldi.
Bas, Piti! Josh Pitini yuzini o’ziga qaratdi va qat'iy dedi: "Janob Deyvs bizning do'stimiz.
Piti ohista Joshning yuzidan yaladi. It tinchlangach, Josh uni yerga tushirdi. Piti janob Deyvsga, menga qaradi. Va u atrofga qarashga qaror qilib, ishbilarmonlik bilan hovlining narigi tomoniga yo'l oldi va yo'liga duch kelgan hamma narsani sinchkovlik bilan hidladi.
- Uyga kiraylik. Mister Deyvs asabiy tarzda kalta sarg‘ish sochlarini qo‘li bilan tekisladi, cho‘ntagidan kalit olib, eshikni ochib, ro‘paramizga tutdi.
Biz uyga kirdik. Otam, onam va men.
- Men Pitiga qarayman, - dedi Josh o'jarlik bilan, qimirlamay.
Dadam e'tiroz bildira boshladi, lekin keyin taslim bo'ldi.
"Yaxshi, nima xohlasang", deb xo'rsindi va boshini chayqadi. “Men siz bilan bahslashmoqchi emasman. Agar kirishni istamasangiz, kirmang. Siz hatto tashqarida yashashingiz mumkin.
Uning ovozidan dadamning g‘ashi keldi.
"Men Piti bilan qolaman", deb takrorladi Josh, eski, o'sib chiqqan gulzorda hidlayotgan itga qarab.
Mister Deyvs bizni koridorga kuzatib bordi va Joshga oxirgi marta qaragancha, uning orqasidan eshikni yopdi.
"U bilan hech narsa bo'lmaydi", dedi u onamga qarab.
"Ba'zida u juda qaysar bo'lishi mumkin!" — dedi onam uzr so‘rab. - Va Pitining qilig’iga xafa bo'lmang. Unga nima bo’lganini bilmayman.
- Hammasi joyida; o’tib ketdi. Keling, mehmonxonadan boshlaylik. - Mister Deyvs bizga yo'l ko'rsatib, koridorga tushdi. "O'ylaymanki, sizni hayratda qoldirasiz. Bu haqiqiy xona. Garchi, albatta, ta'mirtalab bo’lsa ham.
U bizga uyning barcha xonalarini ko'rsatdi. Asta-sekin hayajonga tushdim. Bu haqiqatan ham uy emas, balki haqiqiy qasr edi. Ko'p xonalar, son-sanoqsiz shkaflar va omborxonalar. Mening xonam juda katta edi, unga tutash hammom va tokchasi keng deraza, go'yo uning ustiga o'tirish uchun mo'ljallangan edi.
Afsuski, Josh biz bilan kelmadi. Bu yerning naqadar keng va qiziqarli ekanligini ko‘rsa, kayfiyati darhol ko‘tarilib ketardi.
Bu yerda juda qiziq edi. Shunchalik ko'p xonalar... va eski mebellar, sirli karton qutilar bilan to'ldirilgan ulkan chodirni Josh bilan men albatta o'rganamiz.
Uyda qancha vaqt turdik, bilmayman. Vaqtni unutdim. Ammo eng kamida - yarim soat. Ota-onamiz xursand bo'lishdi. Ha, men ham.
- Mana. Men sizga hamma narsani ko'rsatdim. Mister Deyvs soatiga qaradi-da, bizni chiqish joyiga yetaklay boshladi.
— Kutib turing... Men xonamga yana bir nazar tashlamoqchiman. Men hozir, — ruxsatini kutmay, ikki zinapoyadan sakrab yuqoriga yugurdim.
- Tezroq bo'l, Amanda! onam orqamdan chaqirdi. “Janob Deyvsning bugun qiladigan ishlari ko‘p bo‘lsa kerak.
Men ikkinchi qavatdagi maydonchaga sakrab chiqdim va tor koridordan yangi xonamga yugurdim.
- Qoyil! Men baland ovozda nafas oldim va ovozim bo'sh joyda aks-sado berdi.
Xona haqiqatan ham katta edi. Va keng tokchali katta yarim dumaloq deraza ajoyib edi. Men uning oldiga bordim va ko'chaga qaradim. Daraxtlar shoxlari orasidagi bo‘shliqlar orasidan mashinamizni ko‘rdim. Ko‘chaning qarama-qarshi tomonida esa biznikiga juda o‘xshash uy turardi.
Men karavotni deraza qarshisidagi devorga qo'yishga qaror qildim, stol deraza yonida, endi menda kompyuter uchun joy bo'ladi!
Men o'zim bilan qanday plakatlarni olib ketishimni o'ylab, allaqachon eshikka qarab yurgan edim, birdan ostonada bir bolani ko'rdim.
U bir soniya shu yerda turdi, keyin o‘girilib, qorong‘i yo‘lakda g‘oyib bo‘ldi.
- Josh? — deb baqirdim. "Hey, qara, bu yer qanday ajoyib!"
Ammo keyin men bu umuman Josh emasligini angladim.
Bolaning sochlari sariq edi.
- Hey! Yo‘lakka yugurib chiqdim va boshqa yotoqxona eshigi oldida to‘xtab, atrofga hayajon bilan qaradim. - Bu yerda kim bor?
Ammo koridorda hech kim yo'q edi. Hamma eshiklar yopiq edi.
"Tinchlan, Amanda", dedim o'zimga.
Onam va dadam meni chaqirishdi. Qorong‘i yo‘lakni yana bir bor ko‘zdan kechirdim-da, tezda zinadan tushdim.
"Janob Deyvs, - deb so'radim men pastga tushib, - bu uyda tasodifan arvohlar yo’qmi?"
U kuldi. Mening savolim uni juda qiziqtirganga o'xshaydi.
- Kechirasiz, - dedi u va menga o'girildi, - lekin uyda arvohlar yo'q. Bizning shahrimizda ko'p eski uylar bor, ularda arvohlar yurishini aytishadi. Ammo ular bu uyda yo'q. Afsuski.
“Men... tepada kimnidir ko‘rganman deb o‘yladim”, deb tushuntirdim, xijolat tortdim va o‘zimni noqulay his qildim.
"Ehtimol, shunchaki soyadir", dedi onam. Daraxtlar shunday zich joylashganki, kunduzi ham uy ichi qorong'i.
"Sen tashqariga chiq va Joshga uy haqida gapirib ber," deb buyurdi dadam ko'ylagini jinsi shimiga tiqib. “Onang va men esa janob Deyvs bilan ba'zi masalalarni muhokama qilamiz.
- Huddi shunday janob! dedim dadamga hazillashib va Joshning ko‘p qiziqarli narsalarni o‘tkazib yuborganini aytganimda uning yuzi qanday bo‘lishini taxmin qilib tashqariga shoshildim.
Men ayvonga chiqdim va atrofga qaradim.
- Josh? Hey qayerdasan?
Ko’nglim notinch bo’la boshladi. Josh va Piti yo’q edi.
Нет комментариев