Предыдущая публикация
Senga xiyonat qilganimni qachon ko'rganding?
Yo'lda yursam or deb yuzimga parda tutaman.
Sadoqatli ekanligimga iqror bo'lganding.
Ko'zingdan yosh oqqizmayman deganing qayda
Qolib ketib tuhmatlarda dengiz cho'mildim.
Og'ir kunda bo'laman deb yoningda dalda
Aldading-ki sen tufayli g'amga ko'mildim.
Bir lahza ham yolg'izlatib qo'mayman degan
Toshbag'irning ketganiga uch oydan oshdi.
Kulishimga shaydo bo'lib, sho'xligim sevgan
Inson sabab nigohimdan tabassum qochdi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев