Qayg'um sen-sen tuni-kuni, menga sen uq, keraksen.
Taolloh zihi mani, sen yaratding jismu jonni,
Qulluq qilsam tuni-kuni, menga sen uq, keraksen.
Ko'zum ochdim seni ko'rdim. kul kungulni senga berdim,
Urug'larim tarkin qildim, menga sen uq, keraksen.
So'zlasam men tilimda sen, to'kar bo'lsang menim qonim,
Men qulingmen sen sultonim, menga sen uq, keraksen.
Olimlarga kitob kirak, so'fiylarga masjid kerak,
Majnunlarga Laylo kerak, menga sen uq keraksen.
G'ofillarga dunyoi kerak, oqillarga uqbo kerak,
Voizlarga minbar kerak, menga sen uq keraksen.
Olam bari uchmox bo'lsa, jumla hurlar qarshi kelsa,
Olloh menga ro'zi qilsa, menga sen uq, keraksen.
Uchmox kiram javlon qilam, na hurlarga nazar qilam,
Oni muni ne qilam, menga sen uq, keraksen.
Xoja Ahmaddur menim otim, tuni kuni yonar o'tim,
Iki jahonda umidim, manga sen uq, keraksen.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев