Предыдущая публикация
Ko'nglingiz uzibsiz ko'ngilginamdan.
So'zingiz tinglasam keldi yig'lagim,
Yosh nadur qon oqdi nigohlarimdan.
Meni unutibsiz sezdi yuragim,
Sog'inmay qo'yibsiz sevgilingizni.
Xudoga sig'inib takrorlab ismim,
So'ramay qo'yibsiz yagonangizni.
Meni unutibsiz sezdi yuragim,
Sevishdan to'xtabdi qalbingiz hatto.
O'ylayman negadir ojiz aqlim,
Besabab ketdingiz menda ne hato?
Meni unutibsiz sezdi yuragim,
Umidlar aylandi qora armonga.
Yolg'onda o'tibdi shuncha yillarim,
Ishonib yashabman shirin armonga.
Meni unutibsiz unutolmasman,
Kuzlarga aylandi fasli yozim ham.
Endi men yuribman ezib yuragim,
O'zingiz o'ylasam nigohlarim nam.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев