«Nabiy sallallohu alayhi vasallam osmon ufqida bulutni koʻrsalar, ishni tark qilar edilar. Agar namoz oʻqiyotgan boʻlsalar ham. Soʻngra «Allohim! Men sendan uning sharridan panoh soʻrayman», der edilar. Agar yomgʼir yogʼsa: «Allohim! Foydali va nafli qilgin», der edilar».
Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilishgan.
Har bir moʻmin-musulmon yogʼingarchilik paytida Allohdan uni manfaatini va foydasini surab, yomonligidan esa panoh soʻrab duo qilishi lozim.
Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Ustimizdan yomgʼir yogʼdi. Nabiy sallallohu alayhi vasallam bilan birga edik. U Zot chiqib, kiyimlarini shimardilar. U Zotga yomgʼir tegdi. Biz soʻragan edik, U Zot: “U Robbisi huzuridan hozirgina tushdi», dedilar».
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев