So'ngi manzilimiz qorong'u qabr,
O'ksinma do'stlaring qilganda jabr..
Kimgadur pul afzal muximmas qadr,
Boriga shukr qil yo'g'iga sabr..
Aslida davlating mexribon Otang,
Aslida davlating duogo'y Onang.
Ular omon bo'lsa to'lmas poymonang,
Boriga shukr qil yo'g'iga sabr..
Oynaga termulib xunukman dema,
Olloxga shukr qil aslo nolima.
Xammasi o'tkinchi xayot bir kema,
Boriga shukr qil yo'g'iga sabr..
Do'stingga ishonma sotib ketarkan,
Sevgingga ishonma kechib ketarkan.
Og'ir kunda Otang Onang qolarkan,
Boriga shukr qil yo'g'iga sabr..
Xech qachon yig'lama ko'z yosh yarashmash,
Yo'l qo'yma atrofing bo'lishga qafas .
Olloxga shukr deb yasha xar nafas,
Boriga shukr qil yo'g'iga sabr..
Atrofingga qara qanchalar go'zal,
Sabr oliy neʼmat azaldan azal.
Tavakkal qilishdan bilsang shu avzal,
Borida shukr qil yo'g'ida sabr..
Mp3 formatda tinglash uchun ushbu ssilkaga bosing... http://spcs.me/music/main/view/abdullo1994/list/4058350/92702335-1/?Link_id=176167 Telegramda kanalimga obuna bo'lish uchun esa 👇👇👇👇 https://telegram.me/hakimov_abdulloh MUALLIF : ABDULLOH HAKIMOV
Fikrlar kamentga...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев